KUZGI SHUDGOR

KUZGI SHUDGOR — tuproqning nam koʻp saqlanadigan haydalma qanatini koʻzda yumshatish; kelasi yil bahorida ekinlar ekish uchun yerni koʻzda haydash. Bunda tuproqning yuza qatlamidagi strukturasiz qanati tubiga tushib, yuza qanatda struktura bir oz tiklanadi. Tuproq-iqlim va tashqiliy-xoʻjalik sharoitlarga qarab shudgorlash usullari hamda turlari oʻzgarib turadi. Kuzgi shudgor dehqonchilikda qadimdan royat muhim ahamiyatga ega boʻlgani sababli «yer haydasang koʻz hayda, koʻz haydamasang yuz hayda» xalq maqoli yaratilgan. Hoz. Kuzgi shudgor yerga ishlov berishning asosiy usuli hisoblanadi.

Kultivatsiya, sugʻorish kabi ekinlar parvarishiga qaratilgan tadbirlar shudgorning ustki qatlamini juda kukunlashtiradi, pastki qatlam esa 1,5 — 1,6 g/ sm3 gacha zichlashadi. Haydalma qatlamda muayyan yumshoqlik (1,1 — 1,3 g/ sm3 ) yaratish uchun yer koʻzda shudgorlanadi. Kuzgi shudgor — zararkuvanda va kasallik manbalari, begona oʻt urugʻlariga qarshi kurashning eng taʼsirchan vositasi; yer chuqur haydalganda tuproqning yuza qanatidagi zararkunandalarning lichinka va gʻumbaqlari nobud boʻladi, tuproqning chuqur qatlamlarida qishlayotganlari esa yer ustiga chiqadi va noqulay sharoit taʼsirida qiriladi yoki ularni qushlar terib yeydi. Haydalgan yerda kuzgi yogʻinlar yaxshi singadi. Kuzgi shudgorda koʻklamdagi dala ishlari tigʻizligi kamayadi, shuningdek, eng qisqa afotexnika muddatlarida ekish uchun dalani erta bahor hamda ekishdan oldin tayyorlashga qulay sharoit yaratiladi. Shuningdek, tuproqda aerob bakteriyalarning hayot faoliyati natijasida oʻsimlik oʻzlashtiradigan oziq moddalarning toʻplanishiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi.

Kuzgi shudgor muddatini toʻgʻri belgilash katta ahamiyatga ega; u okt. — noyab. da oʻtkazilganda eng yuqori samara beradi. Oʻzbekistonning jan. zovalarida Kuzgi shudgor bir oz kechroq ham oʻtkaziladi. Bu muddatlarda haydalgan yer sugʻorma dehqonchilik uchun muhim boʻlgan tuprokdagi nam zahirasini yaxshi saqlashga, yogʻin-sochindan unumli foydalanishga imkon beradi. Kuzgi shudgorda tuproq yaxshi uvalanadi, kesak koʻchmaydi, dala sathi tekis chiqadi. Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida shudgorlashdan oldin yer haydashga tayyorlanadi, yaʼni mavsumiy sugʻorish shoxobchalari tekislanadi; ekin poya va qoldikdari yigʻib olinadi, organik oʻgʻitlarning toʻliq yillik miqdori va fosforli oʻgʻitlarning 70% solinadi; begona oʻtlar ildizpoyasi 15—18 sm chuqurlikda qirqilib, maxsus qurollar b-n tirmalanib, daladan chiqarib tashlanadi. Tuproq namligi maksimal dala nam sigʻimiga nisbatan 40—60% boʻlganda yer sifatli haydaladi. Shuningdek, yogʻin-sochin kam zonalarda yerning yuza haydalma qatlami koʻzga borib qotib qolgan boʻlsa, haydashdan 8 — 10 kun oldin yer sugʻoriladi va h. k. Tipik sur tuproq hamda oʻtloqi-botqoqi tuproqli yerdar koʻzda 30—35 sm, irrigatsion oqiziqlar qalin boʻlgan oʻtloqi tuproklar 40 sm chuqurlikda haydaladi. Shudgorlash sifati, shudgor chuqurligi, tuproqning yaxshi uvoqlanganligi, shudgor sathining tekisligi va h. k. katta ahamiyatga ega (yana k,. Yer haydash).

Sobirjon Azimboyev.


Lotin alifbosida maqola: KUZGI SHUDGOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER HAYDASH
YER
YERNI ISHLASH
YAPONIYA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты