MEBEL

MEBEL (lot. mobilis — qoʻzgʻaladigan, osongina suriladigan) , jihoz — xonalar, istirohat bogʻlari, koʻchalar jihozining asosiy turi. Maishiy (uy-roʻzgʻorda ishlatiladigan), jamoat bi-nolari va joylari (bogʻchayasli, maktab, oʻquv yurtlari, idoralar, teatr, klub, kinoteatr, doʻkonlar, kafe va restoranlar, sanoat binolari va b.) da qoʻllaniladigan xillarga boʻlinadi. Mebel (kursi, xontaxta, javon, belanchak, beshik, stul, stol, shkaf, karavot, divan, sandiq, kuti, skameyka, parta va b.) insonning mehnati — mashgʻuloti, dam olishini qulaylashtirish uchun xizmat qiladi. Yogʻochning qattiq turlari (eman, shamshod, yongʻoq, nok, qayin, lipa, tol, terak, kizil daraxt, chinor, qayragʻoch, olxa, shumtol, archa, qaragʻay, tilogʻoch va b.), metall va pla-stmassadan ishlanadi, novdalardan toʻqiladi. Vazifasi, tuzilishi, materialiga qarab juda koʻp turlarga boʻlinadi, har bir turining ham bir necha xili boʻladi (mas, stolning ovqat tay-yorlash va ovqatlanishda ishlatiladigan, yozuv stoli kabi xillari, javonning kitob terib qoʻyiladigan, korxonada — asbob-uskunalar saqlanadigan xillari bor). Maishiy (uy-roʻzgʻor) da ishlatiladigan Mebel yotoqxona, mehmonxona, oshxona va hovli M. lari kabi xillarga boʻlinadi. Bir xonali uylarga moʻljallab ishlab chiqariladigan Mebellar ham yotokxona, xam mehmonxona M. i vazifasini oʻtaydi (mas, divankaravot, kreslokaravot). Ikki, baʼzan undan ortiq turi birlashtirilgan Mebellar xam ishlab chikariladi. Tuzilishi va texnologik jihatlariga koʻra, Mebel joyidan qoʻzgʻalmaydigan va qoʻzgʻaladigan, yigʻma, devorga oʻrnatiladigan va b. xillarga boʻlinadi. Mebel xonani, bino ichini badiiy bezash uchun xizmat qiladi, amaliy sanʼat sohasi ham hisoblanadi (M. larni bezashda rassomlik, haykaltaroshlik va naqshdan foydalaniladi).

Mebel juda qadim davrlarda, inson oʻtroklasha boshlagan paytlardayoq paydo boʻlgan. Yangi ijtimoiy tuzumlar, madaniyat, fan va texnika taraqqiyoti yangidanyangi Mebel namunalarini vujudga keltirdi. Qadimdan Misr firʼavnlariga mansub ayrim Mebel namunalari bizning davrimizgacha saqlangan. Taxt, sandiklar yogʻochdan oʻyma va boʻrtma naqsh va tasvir ishlab, jez, kumush, oltin va fil suyagi qoplab bezatilgan. Yunonistonda Mebel, asosan, yogʻochdan ishlangan. Qad. Rimda Mebel tayyorlashda yogʻoch bilan bir qatorda marmar, jezdan ham foydalanilgan, daraxt novdasidan toʻqima M. ham tayyorlangan. Stollarning oyogʻi yirtqich hayvonlarning oyoqlariga oʻxshatib ishlangan. Bizgacha saqlangan Vizantiya M. i namunalari oltin, fil suyagi, qimmatbaho toshlar qoplab bezatilgan.

Xitoy, Yaponiya, Eron kabi Osiyo mamlakatlarida ham Mebelni jozibador bezatishga katta ahamiyat berilgan. Osiyo mamlakatlarida, jumladan, Oʻrta Osiyoda uylarni jihozlashda gilam, shol, kigiz kabilarga katta eʼtibor berilganidan Mebel unchalik rayem boʻlmagan. Lekin beshik, belanchak, chorkursi, sandiq, sandiqchalar, xontaxta, tancha (sandal), tokchaga ishlangan jovon, taxt kabi jihozlar asta-sekin rayem boʻlgan. Sharq mamlakatlarida 7 — 8-a. lardan boshlab yogʻoch va jez M. lardan Madrasa, mayejid, saroylarda keng foydalanilgan, ustiga kitob qoʻyib oʻqiladigan lavh, 8 qirrali stollar, kursilar qadama, oʻyma va boʻyama na-qshlar bilan bezatilgan. Oʻrta Osiyo saroylarida taxt, kursi taxta (karavot) lar oltin, kumush, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Ular yongʻoq, archa, tut terak,va b. daraxtlarning yogʻochidan tayyorlangan. Hozir milliy Mebellar Yevropa uslubidagi Mebellar bilan uygʻunlashib ketdi.

Yevropada Mebel tarakdiyoti badiiy uslublarning kuchli taʼsiri ostida boʻldi. 10—12-y. larda roman uslubi sodda, lekin vazmin, dagʻal Mebelni vujudga keltirdi. Gotika (12—15-a. lar) Mebelni nafislashtirdi, bezakda yogʻoch oʻymakorligidan foydalanildi. Uygʻonish davrit yogʻoch inkrustatsiyaaщan koʻp foydalanildi, yangi Mebel turlari, mas, yozuv shkaflari, yumshoq kursilar (kreslolar) paydo boʻldi. Barokko (17—18-a. lar) Mebel shakllarini murakkablashtirdi. Mebelda odatdagi serhasham bezakdan tashqari mozaika ham ishlatildi. 18-a. 2-choragidan ravnaq topgan rokoko uslubi oʻzidan oldingi klassitsizm oqimining monumental Mebel shakllarini yengillashtirdi, usti yopib qoʻyiladigan yozuv stollari, Mebel garnituralari paydo boʻldi. Ampir uslubi (19a.) da Mebel larning oyoklari sfinks, griffon, sher oyogʻi, ustunlarga oʻxshatib ishlandi, bezakning simmetrik boʻlishiga ahamiyat beriddi. – 19-a. 2-yarmidan Mebel kam bezakli qilib f-kalarda ishlab chiqarila boshladi, yogʻochni egib ishlanadigan arzon, xammabop Vena M. lari ommalashdi. 20-a. boshlaridan ratsionalizm uslubi yangi materiallar (mas, metall quvurlar) dan foydalanish, Mebellarni yigʻma va qismlari ajratiladigan qilib tayyorlash usullarini maydonga keltirdi. Idora, oʻquv yurtlari, bank, xonadonlar uchun maxsus Mebel xillari paydo boʻldi. Hozir idoralarda, asosan, italyan uslubidagi Mebellar rayem boʻldi (2003).

Zamonaviy Mebel foydalanishga qulay, yengil, sodda boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tejab ishlanadi, qismlarga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Tashishga, koʻchirishga qulay (ayrim Mebellar bir necha qismga ajratiladigan qilib tay-yorlansa, ayrim Mebel larning qismlari alohida boʻlib, ustma-ust, yonma-yon qoʻyiladigan qilib yasaladi). Mebel alo-hida-alohida komplekt qilib (mas, stol va stullar) tayyorlanadi, Mebel toʻplam (1, 2, 3, 4 xonali xonadonlarga moʻljallab, bir uslub, bir xil material va bir xil rangda tayyorlanadigan komplekt), garnituralar (yotokxona, kabinet, oshxona, mehmonxona kabi maxsus xonalarga moʻljallangan, bir uslub, bir xil rang, bir xil materiallardan) ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda Yevropa uslubidagi Mebellar milliy uslubdagi Mebellar b-n uygʻunlashib ketgan. Yengil uslubdagi Mebellar bilan birga klassik uslubdagi zalvor Mebellar yana rayem boʻla boshladi (yana q. Mebel sanoati).


Lotin alifbosida maqola: MEBEL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YOZUV
MEBEL SANOATI
ROSSIYA
OLIY OʻQUV YURTLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты