KULOLLIK, kulolchilik — hunarmandlikning loy (gil)dan turli buyumlar (terrakota, sopol idish, qurilish materiallari va b.) tayyor-laydigan turi. Kulollikda asosiy xom ashyo — tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi tur-licha boʻlgan tuproklardan turli xil Kulollik buyumi yasash jarayoni.
Kulollik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha koʻp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʻladi. Kulollikda asosiy qurol kulollik charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga koʻra, xumdonlar ham turlicha (kattakichik) boʻlishi mumkin. Sirlanadigan idishlar sirlanganidan soʻng yava bir bor xumdonda qizdiriladi. Odatda, kulollar maʼlum idishlar i. ch. boʻyicha ixtisoslashgan boʻladilar (mas, kosagar, koʻzagar, koshinpaz, tandirchi va b.).
Inson Kulollik bilan neolit davridan shu-gʻullangan. Maxsus loydan buyumlar qoʻlda yasalgan, quritib olovda qizdirilgan. Kulollikda ishlatiladigan tuproq jahonning hamma yerdarida mavjudligi deyarli hamma xalqlarda Kulollikning keng tarqalishini taʼminladi. Kulollik bilan dastlab ayollar shugʻullangan, kulollik charxining paydo boʻlishi bilan erkaqlar ham bu ishga jalb qilingan. Idishlar maxsus oʻchoq va xumdonlarda pishirilgan. Kulollikning sodda usullari Osiyoning togʻliq r-nlarida yashovchi xalqlarda hozir ham mavjud. Neolit davriga oid qarorgohlarning qazib topilgan qoldikdari oʻsha davrda idishlarning tagi uchli qilib tayyorlanganligini koʻrsatadi (idishlar yerga suqib koʻyilgan). Eneolit davrida Sharq mamlakatlarida, Yunonistonda vafis sopol idishlar tayyorlash, sopoldan meʼmorlikda foy-dalanish avj oladi. Sirlash usullari kashf etilgach, Kulollik buyumlarining badiiy qimmati osha bordi.
Afrosiyob va Oʻrta Osiyoning boshqa yerdarida topilgan arxeologik qazilmalar 9—12-a. larda Kulollikning bu yerdarda ancha rivojlanganligini koʻrsatadi, 13-a. da moʻgʻullar hujumlari oqibatida nisba-tan sekin rivojlangan Kulollik 14—16 a. larda ancha taraqqiy etdi. Oʻrta Osiyoning boʻlinib ketishi oʻzaro aloqalar susa-yishini keltirib chiqardi, lekin hu-varmandchilik (ayniqsa, Kulollik) rivojlanishda davom etdi. Turli joylarda Kulollikning turlicha uslublari vujudga keldi. Xalq ustalari koʻplab idishlar tayyorlash bilan birga ularni yuksak did b-n bezadilar. Rossiyadan koʻplab chinni mahsulotlar keltirilishi Oʻrta Osiyo kulollari bozorini birmuncha susaytirdi. Biroq arzon sopol idishlarga boʻlgan talab, ayniqsa, meʼmorlikda Kulollik mahsulotlarining keng qoʻllanilishi Kulollikning uzluksiz rivojlanishini taqozo etdi.
Oʻrta Osiyoda, ayniqsa, oʻzbeklar va tojiklar yashaydigan joylarda Kulollik ta-raqqiy etdi. Qoratogʻ, Panjakent, Samarqand, Kitob, Shahrisabz, Gʻijduvon, Xorazm, Toshkent, Gʻurumsaroy, Rishtonda sopol idishlarni sirlab bezatishning oʻziga xos uslublari vujudga keldi. Bu markazlarda tayyorlangan Kulollik buyumlari pishiq, chiroyli, vafis siri, koʻrkam vaqshlari bilan diq-qatni tortadi.
20-a. 20-y. laridan kulollar mexvatini tashqil etishga eʼtibor berildi. Toshkentda tajriba kulollik, Samarqandda kulollik ustaxonalari ochildi, Toshkentda oʻquv i. ch. badiiy kti ishga tush-di (1932), qisqa muddatli kurslar tashqil qilindi, kulollar tayyorlash, ularning malakalarini oshirish yoʻlga qoʻyildi. T. Miraliyev (Toshkent), R. Egamberdiyev, A. Hazratqulov (Shahri-sabz), Muhammad Siddiq, Usmon Uma-rov (Gʻijduvon) singari kulollar yoshlarga taʼlim berdi. Kulollikni tadqiq etish, rivojlantirish hamda yoshlardan kulollar tayyorlashda Oʻzbekiston xalq ras-somi Muhiddin Rahimovnnig xizmatlari katta.
Arxeologik materiallar Kulollik mahsulotlarining asrlar davomida takomilla-shib borganini koʻrsatadi. Davr K. mah-sulotlariga, uning turi va bezaklariga katta oʻzgarishlar kiritdi. Oʻtmishda tayyorlangan shamdon, qorachiroq, sar-xona, jomashov, xum singari sopol idishlarga ehtiyoj qolmadi. Guldon, tovoq, lagan kabi sopol idishlar va buyumlarga ehtiyoj katta. Meʼmorlikda ham Kulollik mahsulotlari (koshin, par-chin va b.) keng koʻllanilmoqsa.
Sopol lagan (10-asr, Afrosiyob).
Budrochtepadan topilgan sopol idishlar (Surxondaryo).