MEZOLIT

MEZOLIT (mezo… va lithos — tosh) — oʻrta tosh davri; paleolitdan neolitta oʻtish davri (mil. av. 10—7ming yillik). Geologik pleyspgotsendan hoz. golo-senga oʻtish davri. Mezolitda hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos boʻlib hoz. tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yoʻq boʻlib, yangilari paydo boʻlgan. Inson hayotida katta oʻzgarishlar sodir etilgan. Mezolitda oʻq-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila boʻlib yashash imkoniyati tugʻilgan. Tosh, suyak, yogʻochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirgʻich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega boʻlishgan. Shu tariqa jamoa boʻlib yashashga barham berilgan. Mezolit davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik b-n shugʻullanganlar.

Oʻzbekiston hududida Mezolit davriga oid eng qad. yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u mil. av. 10ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda Mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (q. Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin.

Oʻtkir Islomov.


Lotin alifbosida maqola: MEZOLIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
FRANSIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты