KUMUSH NITRAT

KUMUSH NITRAT (lyapis) , AgNO3 — rangsiz kristall modda. Suyuklanish t-rasi 208,5°, zichligi 4,352 g/sm3, suvda (20° da) 68,3% eriydi. Qizdirilganda (300°) kumush, azot, kislorod va azot oksidlariga parchalanadi. Kumushga nitrat kislota taʼsir ettirib olinadi. Yorugʻ sezgir fotomateriallar tayyorlash uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Kumushning boshqa birikmalarini olishda, kimyoviy analizda, organik kimyoda oksidlovchi sifatida, koʻzgu i. ch. da, galvanik kumush yugurtirishda, tibbiyotda mikrobga qarshi va kuydiruvchi modda sifatida eritmasi, mazi, tayoqchalari yara-chaqaga surtiladi, eroziya, traxoma va konyunktivitda ishlatiladi. 2% li eritmasi yangi tugʻilgan bolalarni blennoreyadan saqlash uchun koʻziga tomiziladi.


Lotin alifbosida maqola: KUMUSH NITRAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NATRIY
KISLOROD
KUMUSH GALOGENIDLAR
KALSIY
TEMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты