METEOROLOGIK TERMOMETR

METEOROLOGIK TERMOMETR — havo va tuproq t-rasini oʻlchashda ishlatiladigan termometr. M. t. ishlash tarziga koʻra, suyuqlikli (simobli, spirt li), gazli (mas, vodorod), deformatsiya, elektr xillarga boʻlinadi. S u yu q likli Meteorologik termometrda traning oʻzgarishi maʼlum miqdordagi suyuqlik hajminingoʻzgarishiga bogʻliq. Gazli Meteorologik termometrda t-ra maʼlum hajmdagi kimyoviy toza gaz bosimi bilan oʻlchanadi. Deformatsiya M. t. da egiluvchan plastinka (bimetall plastinka, Burdon nayi)dan iborat boʻlib, t-ra taʼsirida egiladi. Elektr Meteorologik termometr t-ra taʼsirida termo-elementlarda elektr harakat kuchi yoki oʻtkazgichlar elektr qarshiligi (qarshilik termometri, termistorlar) ning oʻzgarishiga asoslangan. Meteorologiyada qavo va tuproq t-rasini oʻlchashda, asosan, simobli va spirtli termo-metrlar; termometr etaloni sifatida vodorodli termometr; termograflarning qabul qilgichi sifatida deformatsiya termometri qoʻllaniladi. Elektr termometrlari, asosan, tadqiqot ishlarida va tuproq t-rasini oʻlchashda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: METEOROLOGIK TERMOMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
TERMOMETR
TERMOGRAF
VODOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты