TERMOGRAF

TERMOGRAF (termo… va…graf) — havo, suyuqlik va b. trasini uzluksiz qayd qiluvchi asbob. T. da bimetall plastinka, suyuklik termometri yoki qarshilik termometri sezgir element vazifasini oʻtaydi. Meteorologiyada sezgir elementi t-ra oʻzgarishi bilan deformatsiyalanuvchi egik bimetall plastinkali Termograf keng tarqalgan. Bu plastinka uchining siljishi milga uzatiladi va grafalarga boʻlingan (darajalangan) lentada egri chiziq chizadi.

Chiziqning vertikal boʻyicha 1 mm uzunligi G ga toʻgʻri keladi. Barabanining toʻla aylanish vaqtiga qarab, sutkali va haftali Termograf larga boʻlinadi. Termografning ishlashi simobli termometrlar bilan tekshirib turiladi.


Lotin alifbosida maqola: TERMOGRAF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
METEOROLOGIK TERMOMETR
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
FIZIKA
IQLIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты