MEXANIZM

MEXANIZM (yun. mechane — qurol, inshoot) — bir yoki bir necha jismning harakatini boshqa jismlarning maʼlum harakatiga aylantirib beradigan qurilma. Koʻpchilik mashinalarning asosini tashkil etadi, koʻpgina asboblar, apparatlar va texnika qurilmalarida qoʻllaniladi. Vazifasiga qarab, Mexanizmlar harakatni uzatuvchi; ijrochi (ish bajaruvchi); boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlovchi; taʼminlovchi, saralovchi, tashuvchi; mahsulotlarni hisoblovchi, tortuvchi va joylashuvchi Mexanizmlar boʻladi.

Harakatni oʻzgartiruvchi Mexanizmlar energiyani mexanik ishga yoki mexanik ishni energiyaning boshqa turiga aylantiradi (mas, dvigatel, nasos, kompressor va b.). H ar a kat uzatuvchi Mexanizmlar dvigateldan olingan harakatni (valning aylanish tezligini kamaytirib) texnologik mashinalarga yoki ijrochi Mexanizm larga uzatadi. Ijrochi Mexanizmlar ishlov berilayotgan muhit yoki obyektga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etadi (mas, pressning sikish me-xanizmi, paxta terish mashinasining shpindellari va b.). Boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlov-ch i M. larga texnologik jarayonni boshqarib turadigan moslamalar, rostlagichlar, suyuklik sathi va bosimini nazorat qiluvchi Mexanizmlar kiradi. Taʼminlovchi, saralovchi va tashuvchi Mexanizm larga shneklar, kovshli elevatorlar, mexanik elaklar va b. kiradi. Tayyor mahsulotlarni avtomatik hisoblovchi, qadoqlovchi va joylovchi Mexanizmlar, asosan, koʻplab ishlab chiqariladigan donali mahsulotlar uchun moʻljallanadi. Bunday Mexanizmlar maxsus mashinalarda ijrochi Mexanizm boʻlishi mumkin (mas, choy qadoqlash mashinasining choyni oʻlchovchi va joylovchi qismi).

Mexanizm tarkibiga kiruvchi va zveno deb ataluvchi qattiq jism oʻzaro biriktirilgan bir necha qoʻzgʻalmas detallar (ayrim qismlar) dan iborat boʻlishi mumkin. Bir-biriga tegib turadigan ikki zvenoning oʻzaro harakatlanadigan birikmasi kinematik juft deyiladi. Aylanma (sharnir), ilgarilama (polzun va yoʻnaltirgich), vintli (vint, gayka), sferik (sharli sharnir) kinematik juftlar keng tarqalgan. Agar harakatni oʻzgartirishda qattiq jismlardan tashqari suyuklik yoki gazeimon jismlar ham qatnashsa, ular gidravlik yoki pnevmatik Mexanizm deyiladi.

Aylanma yoki toʻgʻri chiziqli harakatni aylanma harakatga (va aksincha) oʻzgartiradigan Mexanizm uzatma deyiladi. Zvenolarning turiga qarab, tishli, richagli, friksion, zanjirli va tasmali Mexanizmlar boʻladi. Mashina tarkibiga kiruvchi Mexanizmlar gidravlik, pnevmatik, elektr qurilmalardan tuziladi.

Odatda, Mexanizmda bitta kirish zvenosi boʻlib, u dvigateldan harakat oladi va oraliq zveno orqali uni chiqish zvenosiga uzatadi. Mexanizmlar yassi (tekis; zvenolari nuqtalarining t-rayektoriyasi parallel tekisliklarda yotadi) va fazoviy (hajmiy) xillarga boʻlinadi. Kosmik texnika (vakuumda aylanma harakat uzatuvchi, fazoda yoʻnalishni oʻzgartiruvchi va b.), tibbiyot texnikasi (rostlanadigan apparatlar, biologik protezlar va b.) bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish, borish qiyin boʻlgan yoki hayot uchun xavfli joylar (suv osti, kosmos, yadro reaktorlari) da ishlash uchun maxsus Mexanizmlar yaratildi. Bu ishlarni bajarishda turli manipullyatorlar qoʻllaniladi. Manipulyatorlarning rivojlanishi buyumlarni ishlash, montaj qilish va yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beruvchi sanoat robotlarning yaratilishiga olib keldi (q. Mashina va mexanizmlar nazariyasi).

Ad.: Usmonxoʻjayev H. H., Mashina va mexanizmlar nazariyasi, 2nashr, T., 1970; Artobolevskiy I. I., Mexanizmы v sovremennoy texnike, [v 4-x t. ], 1—3, M., 1970-73.

Koʻrqmas Inogʻomov.


Lotin alifbosida maqola: MEXANIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PAXTA TERISH MASHINALARI
YER
DVIGATEL
FIZIKA
NASOS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты