MEHNAT NIZOLARI

MEHNAT NIZOLARI — amaldagi mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va b. normativ hujjatlarni tadbiq etish yoki yangi mehnat shartlarini belgilash yoxud mavjud shartlarini oʻzgartirishga doyr masalalar boʻyicha yuzaga keladigan va qonunda oʻrnatilgan tartibda hal etiladigan kelishmovchiliklar. Mehnat nizolarini hal etish bilan bogʻliq barcha masalalar OʻzRning Mehnat kodeksi (259—281moddalar), Fuqarolik protsessual kodeksi (1, 5, 6, 31, 110, 149, 158, 185, 219, 239, 259moddalar)da koʻrsatib oʻtilgan. Mehnat nizolari yakka tartibdagi Mehnat nizolari va jamoaga doir Mehnat nizolariga boʻlinadi. Ya kka tartibdagi Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va b. normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasipz. nazarda tutilgan mehnat shartlarini qoʻllanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Jamoaga doir Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodimlar jamoalari oʻrtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini oʻzgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, oʻzgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mehnat shatnomasida qatnashuvchi har 2 tarafning harakati yoki harakatsizligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Har qanday kelishmovchiliklarham Mehnat nizolari darajasiga borib yetmaydi. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar mehnat huquqi subyektlari tomonidan turlicha baholanishi mumkin. Baholashdagi kamchiliklar Mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organga murojaat qilingandan boshlab Mehnat nizolari darajasiga borib yetadi.

Mehnat nizolarini Mehnat nizolari komissiyasi va sud koʻrib chiqadi. Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun, oʻz xohishiga koʻra, Mehnat nizolari komissiyasi yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli. Mehnat nizolari, odatda, yo xodimning mehnat huquqini buzish b-n, yoki asossiz talab oqibati bilan bogʻliq boʻladi. Mehnat nizolariga olib keluvchi keng tarqalgan sabablar quyidagilar: mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish; xodimlarning oʻz mehnat maj-buriyatlarini bajarmasligi yoki vijdonan bajarmasligi (progullar, ishga kech qolib kelish va b.) va ish beruvchi tomonidan qoʻllaniladigan taʼsir choralariga notoʻgʻri munosabatda boʻlish; ish beruvchi va xodimlarning amaldagi huquq normalarini turlicha tushunishi, xodimlarning oʻz huquqyaarini notoʻgʻri tushunishi va b.

Gulnora Sarimsoqova.


Lotin alifbosida maqola: MEHNAT NIZOLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
TOSHKENT
MODDIY JAVOBGARLIK
ISH HAQI
PENSIYALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты