MEHNAT STAJI

MEHNAT STAJI — xodimning belgilangan tartibda hisoblanadigan mehnat faoliyati davri. U ish vaktini ham, dam olish vaqgini ham oʻz ichiga oladi.

Mehnat staji — biror ijtimoiy shaklda haq toʻlanadigan va b. shakldagi mehnat faoliyatidir. OʻzRda ijtimoiy taʼminot huquqiga koʻra, Mehnat staji — fuqarolarning ijtimoiy i. ch. dagi, shuningdek, qonunga asosan boshqa sohalardagi ijtimoiy foydali faoliyati boʻlib, huquq normalariga asosan bu faoliyatdan muayyan yuridik oqibatlar (pensiya bilan taʼminlanish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar olish huquqi va b.) kelib chiqadi. Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarining oʻz xoʻjaliklarida ishlagan vaqtlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning ishlagan vaqtlari ham Mehnat stajiga kiradi. Harbiy va b. maxsus davlat xizmatlari davrlari, shuningdek, ayrim soqalarida ishlagan davrlar qonunchilikda uzoq yillik xizmat deyiladi, lekin ayrim normativ xuquqiy hujjatlarda bu faoliyat ham Mehnat staji deb yuritiladi. Mehnat staji pensiya miqdorini belgilash (mas, pensiyalar, ustamalar belgilash, toʻliqsiz Mehnat staji bilan pensiya tayinlash, uzoq yillik xizmat uchun pensiya tayinlash) paytida muhim ahamiyatga egadir.

Mehnat stajining muhim turidan biri — maxsus Mehnat staji hisoblanadi. Maxsus Mehnat staji – muayyan sharoitlarda, Oʻzbekiston Respublikasining maʼlum hududlarida yoki muayyan kasb, lavozimlarda ishlagan vaqt boʻlib, u xodimga bir qator imtiyozlar berilishi yoki xodimning taʼminotning baʼzi turlari bilan taʼminlanishini nazarda tutadi. Maxsus Mehnat staji asosida imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan i. ch. lar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxati OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1994-y. 12-maydagi 250sonli qarori bilan tasdiklangan.

Mehnat staji borasida uzoq yillik xizmat tushunchasi ham mavjud. Bunday staj umumiy mehnat stajining alohida koʻrinishidir. Uzoq yillik xizmat bir qancha yillar bilan oʻlchanadigan uzoq muddatli mehnat, jamoat yoki davlat faoliyati boʻlib, muayyan sharoitda tegishli imtiyoz va afzalliklar olish huquqini beradi. Mas, ayrim toifa xodimlarga muayyan ixtisoslar boʻyicha uzoq yillik xizmat uchun pensiya xodimning mehnat qobiliyati va, odatda, yoshidan qatʼi nazar tayinlanadi.

Umumiy Mehnat stajiga taalluqli asosiy masalalar OʻzRning «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi qonuni (1993-y. 3 sent.), OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullaiuvchi jismonyi shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan sugʻurtalash toʻgʻrisida»gi 351sonli qarori (2001-y. 24 avg.) bilan tasdiqlangan.

OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1994-y. 11-maydagi 249sonli qaroriga muvofiq, pensiya tayinlash uchun Mehnat staji siga oid tartib toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan. Mehnat staji mazkur Nizomga asosan tayinlanadi va tasdiqlanadi. Mehnat staji ish, xizmat, oʻqish joyidan yoki Mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadigan boshqa faoli-yat amalga oshirilgan joydan yoxud arxiv muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar asosida belgilanadi. Ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan xodimlarning Mehnat staji byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi organlari beradigan maʼlumotnomalar asosida belgilanadi. Mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa (ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan xodimlar bundan mustas-no), ish davri guvoxlarning koʻrsatmasi asosida belgilanadi. Mehnat daftarchasi, shuningdek, byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi organlari bergan sugʻurta badallari toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar Mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi.

OʻzR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-y. 1 apr. dagi 21sonli buyrugʻi bilan tasdiklangan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun Mehnat stajini belgilash va hisoblash tartibi bayon qilingan.

Anvar Inoyatov.


Lotin alifbosida maqola: MEHNAT STAJI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PENSIYALAR
TOSHKENT
PENSIYA JAMGʻARMASI
IJTIMOIY TAʼMINOT
ISH HAQI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты