MIKROMETR

MIKROMETR (mikro… va metr) — 1) Xalqaro birliklar tizimi SI da uzunlik birligi ulushi. Metrning milliondan bir boʻlagiga teng. Qisqacha mk, mkn bilan belgilanadi; 1mk=10^6 m=104 sm =10-3mm. Mikrometr 1967-y. gacha mikron deb atalgan;

2) oʻzgartiruvchi mexanizmi (vintgaykadan iborat mikrojuft) yordamida kichik oʻlchamlarni oʻlchashda ishlatiladigan asbob (rayemga q.). Ishi qoʻzgʻalmas gaykada vintni oʻq boʻylab siljitishga asoslangan. Vintning siljishi uning oʻq boʻylab burilish burchagiga toʻgʻri pro-porsional. Tula aylanishlar Mikrometr tanasidagi shkaladan, aylanish ulushlari esa barabandagi doiraviy shkaladan hisoblanadi. Odatda 0 dan 25 mm gacha, 26 dan 50 mm gacha va b. uzunliklarni oʻlchashda ishlatiladigan tipik oʻlchamli Mikrometrlar chiqariladi.

Mikrometr silliq, richagli, list materiallarni oʻlchaydigan, trubalarni oʻlchaydigan, rezba oʻlchaydigan,tish oʻlchaydigan, dastaki va stolga oʻrnatiladigan xillarga boʻlinadi. Stolga oʻrnatiladigan ixcham (20 mm gacha) detallarni oʻlchashda ishlatiladi;

3) astronomiya da astronomik truba yoki oʻlchash mikroskopining moslamasi. Kichik masofalarni oʻlchash uchun ishlatiladi. Odatda, oʻlchash uchun anik, mikrometrik vintdan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: MIKROMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TISH
YER
TOSHKENT
VAQT
REZBA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты