KOʻZA

KOʻZA — roʻzgʻor buyumi; suv va b. suyuqliklar solish, tashish, saqlashda ishlatiladigan idish. Tagi va boʻgʻzi tor, qorni keng, dastali. Oʻrta Osiyoda sopol va m i s K. lar keng tarqalgan. Aksariyat hollarda sopol Koʻzalar pishirilmasdan oldin chizib naqshlanadi. Sopol Koʻzaning ichi sirlanadi (sirlan-magani ham boʻladi). Sopol Koʻzaning koʻp ishlatiladigan dastasiz turi moʻndi deb ataladi. Mis K. sopoldan tayyorlanganidan shakl jihatidan keskin farq qiladi. Mis Koʻza joʻmraksiz obdastani eslatadi: boʻyni ingichka, bir quloqli, qorni keng, pastga tomon kengayib boradi. Tagida keskin konusga oʻxshash pastak chambaragi bor. Murakkab shakldagi mis Koʻzaning avval ayrim boʻlaqlari quyilib, soʻng ular birbiriga qalaylanadi. Koʻzani koʻzagar kulol yoki miskar tayyorlaydi, boʻyama (sopol Koʻza) va uyma (metall Koʻza) naqshlar bilan bezatiladi. Metall Koʻzaning oltin, kumushdan ishlanib, kandakori naqshlar bilan bezatilgan, baʼzan qimmatbaho toshlar qadalgan namunalari respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: KOʻZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
AMALIY SANʼAT
TOSHKENT
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты