KOʻZGU — yorugʻlikni tekis qaytaruvchi yupqa (alyuminiy, kumush va b.) kat-lam bilan qoplangan silliq sirtli shisha yoki metall jism. Sirtidagi notekisliklar bir necha mikrondan oshmaydigan darajada silliqlangan boʻladi. Koʻzgularni tayyorlashda toʻlqinlarning qaytarish koeffiiiyenti yuqori boʻlishiga erishish uchun silliqlangan sirt qalinligi 0,1+ 0,3 mmk boʻlgan yupqa metall (Ag, A1 va b.) qatlam bilan qoplanadi. Silliq alyuminiy sirti ultrabinafsha, infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida, silliq kumush sirti infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida, silliq oltin sirti esa infraqizil nurlar spektri sohasida katta nur qaytarish koeffitsiyentiga ega. Qad. Sharqda jez davrida ham Koʻzgu ishlatilgan. Bu vaqtda Koʻzgu jezdan, keyinchalik temir, kumush, simobdan va, nihoyat, mil. 1-a. dan boshlab Italiyada shishadan yasalgan. Yunon olimi Yevklid (mil. av. 5-a.) yassi va sferik Koʻzgu bilan nurlarni bir nuqtaga yigʻish mumkinligini koʻrsatgan. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino K. optikasi bilan tanish boʻlishgan. Ibn Sino «Donishnoma» asarida sferik koʻzgular bilan yorugʻlikni bir nuqtaga yigʻishni isbotlagan.
Shakliga koʻra, Koʻzgular yassi va sferik xillarga boʻlinadi. Yassi Koʻzgu buyumning mavhum tasvirini (oʻlchami oʻzgarmagan holda) beradi. Sferik Koʻzgu buyum tasvirini kattalashtirish (yoki kichiklashtirish) hamda nurlarni toʻplash uchun ishlatiladi (mas, konsentrator, projektor, reflektor, avtomashinalar va h. k. da). Sferik Koʻzgu yaxshi ishlov berib silliklangan shar sirtining bir qismidir. Yorugʻlik nuri sferik sirtning ichki yoki tashqi sirtidan qaytishiga koʻra, sferik Koʻzgular mos ravishda botiq yoki qanariq Koʻzgular boʻladi. Shar sirtining markazi S K. ning optik markazi, shar segmentining uchi O esa Koʻzguning qutbi deyiladi. Koʻzguning optik markazi Sdan oʻtadigan har qanday nur Koʻzguning optik oʻ q i , sfera markazi S dan va Koʻzgu qutbi O dan oʻtadigan SO optik oʻq K. ning bosh optik oʻqi deyiladi. Faqatbosh optik oʻq yaqinida va optik oʻqqa kichik burchak ostida kelayotgan nurlar markaziy nurlar yoki paraksial nurlar deb ataladi.
Yorugʻlik chiqaruvchi nuqta S dan Koʻzgu gacha boʻlgan oraliq OS=d, shu nuqta tasviri S dan Koʻzgu gacha boʻlgan OU=/oraliq va sferik Koʻzgu radiusi OC=R quyidagi formula orqali oʻzaro bogʻlangan: Agar d—>°° boʻlsa, u holda / = u boʻladi, biroq d-**> boʻlganda Koʻzguga tushayotgan nurlar optik oʻqqa parallel, binobarin, bu nurlar Koʻzgudan qaytgandan keyin bu oʻqni qutbdan u masofadagi nuqtada kesib oʻtadi. Bu nuqga Koʻzguning foku s i Gʻ deyiladi. Koʻzguning qutbidan fokusigacha boʻlgan masofa K. ning fokus masofasi deyiladi. Koʻzguning fokusi orqali oʻtgan va optik oʻqqa perpendikulyar boʻlgan tekislik K. ning fokal tekisligi deyiladi.
Fokus masofa ham fokus singari Gʻ harfi bilan belgilanadi. Shunday qilib, sferik Koʻzguning fokus masofasi Gʻ K. sferasi radiusining yarmiga teng. U vaktda Koʻzguning fokus masofasi tushunchasidan foydalanib formula (1) ni quyidagicha yozish mumkin: T ~ T Qavariq Koʻzgu boʻlgan holda, optik oʻqqa parallel nurlar qaytgandan keyin sochiladi, bu nurlarning davomi Koʻzguning orqa tomonida optik oʻqni bir nuqtada kesib oʻtadi. Bu nuqta Koʻzguning mavhum fokusi deyiladi.
Yuqoridagi formula sferik Koʻzgu formulasi deb yuritiladi. Sferik Koʻzgu formulasi tasvir va Koʻzguning fokusi haqiqiy boʻlgan hol uchun keltirib chiqariladi. Agar tasvir mavhum boʻlsa had, Koʻzgu fokusi mavhum boʻlsa u had oldilariga minus ishorasi qoʻyiladi. D = ug = kattalik Koʻzguning optik kuchi deb ataladi va fokus masofa metr (m) hisobida oʻlchanganda, optik kuch dioptriya (dntp) degan birlik b-n ifodalanadi: [D] = ^ = – L = 1dptr.
Optik asboblarda, koʻpincha, Koʻzgu linzali sistemalardan foydalaniladi. Lazerlarda Koʻzgu optik rezonator elementidir. Koʻzgu texnikaning koʻpgina soqalari (mas, geliotexnika, kinotexnika, mashinasozlik va h. k.) da qoʻllaniladi. Geliokonsentratorlar, gelioqurilmalar, shuningdek, metallarni zonali eritish qurilmalarida Koʻzgu yordami bilan nur (energiya) toʻplanadi. Turli tuzilishga ega boʻlgan shakldagi Koʻzgular koʻz kasalliklari klinikalarida, stomatologiya, xirurgiya, ginekologiya va meditsinaning b. sohalarida ishlatiladi.
Комментарии 1