KOʻCHMA TELEVIZION STANSIYA — agregat va jihozlari maxsus avtomashinaga oʻrnatilgan televizion stansiya. Bir, ikki, uch, toʻrt televizion kamerali boʻladi. Oq-qora va rangli tasvirda oʻzatiladi. Koʻchma televizion stansiya s tarkibiga avtomashinaga oʻrnatilgan televizion apparatura (olib chiqiladigan oʻzatuvchi televizion kamerali) eshittirishni tovush bilan birga olib borish uchun olib chiqiladigan mikrofonli jihozlar, telemarkaz bilan aloqa qilish uchun uzatkich va b. kiradi. Koʻchma televizion stansiya sdan telemarkazga televizion signallar radioreleyli aloqa liniyasi boʻyicha yoki yer ostiga yotqizilgan koaksial kabellar boʻyicha oʻzatiladi. Koʻchma televizion stansiya teatr, muzey, kosmodrom, majlis zallari, z-d, f-ka, stadion va b. joylardan televizion koʻrsatuvlar olib borish uchun moslashtirilgan. Reportaj olib borishda televizion kamera va mikrofonlar reportaj olinadigan joyga oʻrvatilib, maxsus kabellar orqali avtomashinadagi kuchaytirgich va oʻzatuvchi jihozlar bilan tutashtiriladi.