KOʻHISTON

KOʻHISTON (fors. — togʻlar oʻlkasi) — Afgʻonistondagi Panjsher — Kobul daryolari xavzasida joylashgan tarixiy viloyat. Asosan, tojiklar, xazoralar, afgʻonlar va b. yashaydi. Qadimda Koʻhistondan Hindiston va Xitoyga boruvchi karvon yoʻli oʻtgan. Koʻhiston oʻzining kumush konlari bilan mashxur boʻlgan; oʻrta asrlarda yarim mustaqil mahalliy xonlar tomonidan boshqarilgan. Koʻhiston aholisi istilochilarga (arablar, moʻgʻullar) qarshi faol kurashgan. Ingliz-afgʻon urushi (1838 — 42) davrida Koʻhistonlik qoʻzgʻolonchilar Parvon (1840) va Chorikor (1841) yonida ingliz qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratishgan.


Lotin alifbosida maqola: KOʻHISTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
TOSHKENT
AFGʻONISTON
ROSSIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты