KOʻHNA FAZLI

KOʻHNA FAZLI, Kushki Foʻzayl — qad. shaxar xarobasi (mil. av. 1-a. — mil. 13-a. boshi). Qarshi sh. dan 50 km jan.gʻarbda. Atrofi paxsa devor bilan oʻralgan. Koʻhna Fazlining uzunligi jan.-gʻarbdan shim.sharqqa 1 km, kengligi 550 m boʻlgan; jan. qismida bal. 20 m boʻlgan ark joylashgan; 9—12-a. larda Bazda nomi bilan mashhur boʻlgan va kuchli qalʼa-istehkomga aylangan. Koʻhna Fazlida hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Undan Buxoro—Kalif va Vasaf—Kalif karvon yoʻli oʻtgan. Moʻgʻullar hujumidan keyin xarobaga aylangan.


Lotin alifbosida maqola: KOʻHNA FAZLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
HINDISTON
XIVA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты