MONOSAXARIDLAR

MONOSAXARIDLAR — organik birikmalar, uglevodlarning asosiy guruhlaridan biri. Tarkibida gidroksil guruhlari, aldegid guruhi (aldozalar) yoki ketoguruh (ketozalar) boʻladi. Umumiy formulasi CnH2nOn (bu yerda p=3+9). Zanjiridagi uglerod atomlarining soniga qarab Monosaxaridlar, odatda, quyi Monosaxaridlar (zanjirida 3 va 4 ta uglerod atomi boʻlgan) triozalar (S3N6O3) va tetrozalar (S4N8O4), oddiy Monosaxaridlar pentozalar (S5N10O5) va geksozalar (S6N|2O6), yuqori Monosaxaridlar geptozalar (S7N|4O7), oktozalar (C8HI6OS), nonozalar (C,Hi8O9) ra boʻlinadi. Bulardan, geksozalar (mas, glyukoza, galaktoza, mannoza, fruktoza) va pentozalar (arabinoza, ksiloza, riboza va b.) muhim. Monosaxaridlar suvda yaxshi, spirtda oz eriydi, efirda esa erimaydi. Hayvonlar, oʻsimliklar organizmida erkin holda va polisaxaridlar, glyukozidlar holida koʻp uchraydi. Monosaxaridlar, ayniqsa, fosfor efirlari (geksozodifosfat, geksozomonofosfat) holida organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, energetik jarayonlarda, shuningdek, uglevod va b. murakkab birikmalar sintezida qatnashadi. Monosaxaridlar, asosan, polisa-xaridlarni gidrolizlab olinadi. Monosaxaridlar va ularning hosilalari, mas, glyukoza, fruktoza oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: MONOSAXARIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
UGLEVODLAR
ORGANIK KIMYO
GEKSOZALAR
UGLEROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты