MOXOROVICHICH YUZASI

MOXOROVICHICH YUZASI — Yer poʻsti bilan mantiyasi orasidagi chegara. M. yu. dastlab 1909-y. da Bolkrn zilzilalaridan tarqalgan seysmik toʻlqinlarni oʻrganish natijasida aniqlangan. Boʻylama seysmik toʻlqinlar tezligi Moxorovichich yuzasini kesib oʻtganda (yuqoridan pastga) sakrab boradi. Moxorovichich yuzasida boʻylama seysmik toʻlqinlar tezligi Moxorovichich yuzasi ustida 6,9—7,5 km/sek., ostida 8,0—8,2 km/ sek. ga teng. Koʻndalang toʻlqinlarning tezligi Moxorovichich yuzasi ustida 3,6—4,2 km/sek., ostida 4,4—4,7 km/sek. Moxorovichich yuzasi okeanlar tubida 10—12 km, togʻlik joylarda 60 — 70 km chuqurlikda joylashgan. Oʻzbeki-stonning Fargʻona vodiysida 55 km, Toshkent vohasida 40— 45 km, Qizilqumda 35 km ga yetadi. Pomir togʻlarida esa 80—85 km. Moxorovichich yuzasining tabiati haqida seysmolog olimlar orasida hanuzgacha yagona fikr yoʻq. Bu sohada amaliy va nazariy izlanishlar davom etmoqda. Moxorovichich yuzasini ilmiy oʻrganish Yer pusti evo-lyutsiyasini aniqlash va qazilma boyliklarning paydo boʻlishi jarayonini bilish, ularni qidirib topishda ahamiyati katta. Moxorovichich yuzasi uni kashf qilgan xorvatiyalik seysmolog A. Moxorovichich (1857—1936) nomi bilan atalgan. Yana q. Yer.


Lotin alifbosida maqola: MOXOROVICHICH YUZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OKEAN
Evo Club - Street Racing
YER MANTIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты