MOSHKICHIRI

MOSHKICHIRI — quyuq taom. Qiymali Moshkichiri, poʻstdumbali Moshkichiri, piyozdogʻli Moshkichiri, sabzavotli Moshkichiri, M.-muxashshir (moshi alohida qaynatilib poʻsti ajratib olingan moshdan) va b. turlari bor. Qiymali Moshkichiri — piyoz va loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht dogʻlangan yogʻda yaxshilab qovuriladi. Soʻngra qozonga suv quyib, yuvilgan mosh solinadi va mildiratib qaynatiladi. Mosh ochilgach, tuz, ziravorlar, guruch solinadi, bir oz oʻtgach suvi tortiladi va Moshkichiri qozonga yopishib qirmoch olmasligi uchun kovlab turiladi. Tayyor Moshkichirini 10— 15 min. «dam yedirib» laganga suziladi. Qiyma piyoz bilan yogʻda qovurilib, sardak tay-yorlanadi, laganga suzilgan Moshkichiri betiga solinadi. Poʻstdumbali M. goʻsht oʻrniga tuzi yuvilib, mayda toʻgʻralgan sur poʻstdumbadan tayyorlanadi.

Ad. h Mahmudov K., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989.


Lotin alifbosida maqola: MOSHKICHIRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PALOV
MOSHXOʻRDA
YER
PIYOZ
GOʻJA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты