MULLABOY MANSUROV SIRKI

MULLABOY MANSUROV SIRKI — birinchi professional oʻzbek sirk truppasi. Mullaboy Mansurov 20-a. ning boshida koʻchma sirk va turli tomoshalarni uyushtirishda dong taratgan. Oʻzining tashkilotchiligi va xalq sanʼatini yaxshi bilishi tufayli, tarqoq sirk toʻplarini birlashtirib, 1903-y. Toshkentda Yevropa shaklidagi dastlabki oʻzbek sirk truppasini tuzdi. Truppada aka-uka Rahmon va Parzin Abduxalilovlar (chigʻiriqchi va muallaqchilar), Muxammad (Chaqqon) Xoʻjayev bilan Qodir bola (akrobat), Karim Zaripov bilan Ortiq qiziq (bambuk; biri 4—5 metrli yogʻochni qorniga qoʻyib, ikkinchisi oʻsha yogʻoch ustiga chiqib oʻynagan), Muqiddin Shokirov («besuyak»), Kal Shokir (jonglyor), Said-afgʻon (qilichboz), Yusufjon qiziq Shakarjonov, Sobir qori va Rafiq qiziq (qiziqchilar), Zokirjon Ovulov (jarchi), Ashirmat va Kenja-boy (surnaychi) singari 20 dan ortiq kishi uyushgan. Mullaboy Mansurov oʻzi boshliq va badiiy rahbar boʻlgan xamda oʻrgatilgan otlar bilan manejga chiqqan.

1904—06 y. larda Mullaboy Mansurov Sirki Turkiston oʻlkasi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi, hattoki Sharqiy Turkiston (Sinszyan) shahar va qishloklarida oʻz tomoshalari b-n gastrolda boʻlgan. 1908—09 y. lar Mullaboy Mansurov Sirki yana bir nechta mayda toʻplarga boʻlinib ketdi. Oʻzbek sirk artistlari uchun Mullaboy Mansurov Sirki professional maktab vazifasini oʻtadi va ular bu yerda faoliyat koʻrsatib, oʻz mahoratlarini birmuncha oshirishdi va murakkab mashklarni oʻzlashtirib, repertuarni kuchaytirishdi. Mullaboy Mansurov Sirkining tashkil boʻlishi tarqoq sirk oʻyinchilari birlashib, yaxlit dastur bilan maydonga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Poʻlat Toshkanboyev.


Lotin alifbosida maqola: MULLABOY MANSUROV SIRKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUSUFJON QIZIQ
XALQ IJODI
SIRK
TOSHKANBOYEVLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты