MUNABBAT

MUNABBAT (arab. — oʻstirmoq) — toʻgʻri toʻrtburchak shaklli asosga ega boʻlgan naqsh taqsimi. Munabbatning toʻrt tomonga qarab takrorlanishidan naqsh mujassamoti yaratiladi. Naqqosh M. ning toʻrtdan bir qismini chizib oladi, sungra shu chizmadan foydalanib naqsh axtasi (ulgi)ni tayyorlaydi. Axta yordamida bezatiladigan sathga tushirilgan Munabbat buyama, uyma, tirnama usullarda ishlanadi. Munabbat Oʻrta Osiyo naqqoshligida, ayniqsa, katta yuzadarni bezashda kup qoʻllanadi. Mujassamotiga kura, Munabbatning usimliksimon (islimiy M., M. i gulzor), xandasiy (girih M.), ramziy va b. turlari bor.


Lotin alifbosida maqola: MUNABBAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
OSIYO
NAQQOSHLIK
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты