MUR (Moore) Stanford (1913.4.9, Chikago – 1982.23.8, Nyu-York) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy FA va Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi. Nyu-Yorkdagi Rokfeller tibbiyot tadqiqotlari in-ti prof. (1952-y. dan). Ilmiy ishlari oqsillarning tuzilishi va fermentlar kimyosiga oid. Aminokislotalar mikdorini aniqlash, ularni xromatografik usulda ajratish uchun avtomatik qurilmani taklif etgan. Nobel mukofoti laureati (1972, K. Anfinsen va U. Stayn bilan hamkorlikda).