NAJDAK

NAJDAK (turkiycha) — mayda va yupqa donador kristallardan iborat togʻ jinsi. Boksitlarning metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Najdak tarkibidagi korund boshqa minerallar (magnetit, xlorit, gematit, kvars va moʻrt slyudalar va h. k.) bilan birikib ketgan. Tarkibida 60% gacha korund boʻlgan Najdak tabiiy abraziv materiallarga kiradi. Najdakning qattiqligi mineralogik shkala boʻyicha 7—8. Rangi qora, qoramtir kulrang, toʻqyashil. Najdak koʻpincha marmarlarda linza, shtok, uyum, tomirlar shaklida, baʼzan esa gabbro, norit, granitlarda va bu jinslar kontaktida ksenolitlar koʻrinishida mavjud. Oʻzbekistonda koʻp joylarda (Nurota togʻlari, Molguzar va b.) uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: NAJDAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
ABRAZIV MATERIALLAR
NUROTA TOGʻLARI
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты