NAYCHA

NAYCHA — 1) chakka (soch)ga taqiladigan ayollar taqinchogʻi; bosma usulida gullar bilan bezatilgan yupqa metall yaproqcha oʻrami (nay shakli) dan iborat; oʻrta qismiga feruza koʻzli yirik dumaloq munchoq oʻrnatilgan, Naychaning 2 cheti feruza koʻzlar qatori bilan hoshiyalangan; atrofi va oʻrtasidan shokila (marjon, yaproqcha, baʼzan tanga)lar osilgan. Naychadan chakkadagi soch tolalarini qistirib qoʻyish uchun foydalaniladi;

2) zargarlikda soch-popukka. taqiladigan kumushdan yasalgan naysimon boʻlak; N. yuzasi bosma islimiy naqshlar bilan bezatilgan, yuqori qismi qubbali, qubba atrofi emal yoki feruza koʻzlar bilan oʻralgan; quyi qismi kengayib borib 4 ta boʻlak (parrak)ga ajraladi. Naycha orasidan oʻrilgan (eshilgan) qora iplar (soch) tutami oʻtkaziladi;

3) chakka va boshga taqiladigan taqinchoqlarning pat, ukpar oʻrnatish uchun kilingan qismlari ham Naycha deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: NAYCHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Dado - Chat-pat (Seni seviyorum)
SHOKILA
TOSHKENT
KIYIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты