MUHITDINOV

MUHITDINOV Abdulqodir (1892, Buxoro — 1934.1.6, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi, siyosat arbobi. Boshlangʻich taʼlimni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasida oʻqidi. Otasi yirik savdogar Mirza Muhitdin Mansurov ilk jadid gaz. «Buxoroyi sharif»ni moddiy jihatdan taʼminlab turgan, yangi usul maktablariga homiylik qilgan. Muhitdinovning ilk maqolalari Orenburgdagi «Vaqt» gaz. da eʼlon qilingan (1910).

Buxoroda 1917-y. aprel namoyishiayan keyin yoʻsh buxoroliklar partiyasi keyin Samarqand, Toshkent, Moskvada muhojirlikda yashagan. Turkiston musulmonlari byurosi aʼzosi (1919—20). «Qu-tulish» gaz. muharriri (1920). Buxoro inqilobiy koʻmitasi raisi, BXSR deqqonchilik noziri (1920—21). BXSR ning dastlabki Konstitutsiyasini ishlab chiqishda qatnashgan, Buxoroda yersuv islohoti oʻtkazilishi tashkilotchilaridan biri. Muhitdinov BXSR ning xorijiy mamlakatlar bilan Rossiya vositachiligisiz mustaqil aloqa oʻrnatish, bosqinchi qizil armiyani olib chiqib ketish, xalq militsiyasi singari milliy armiya tuzishni qatʼiy talab qilgan. 1921 — 24 y. larda BXSR savdo va sanoat vaziri, Buxoro Xalq xoʻjaligi Oliy kengashi raisi, Buxoro Iqtisodiy kengashi raisi, BXSR nozirlar shoʻrosi raisining 2-muovini lavozimlarida ishlagan. Oʻrta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish oʻtkazilib, Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tashkil qilingach, M. Tojikiston ASSR Xalq Komissarlari Soveta raisi qilib tayinlandi (1925—29). Tojikiston SSR tuzilgach, u Uzbekiston SSR taʼminot Xalq Komissarligida ishladi. 1933-y. 21 avg. da sovet rejimi tomonidan Muhitdinov qamoqqa olinib, unga «burjua millatchisi» tam-gʻasi yopishtirildi va 1934-y. 1-iyunda otib tashlandi.

Ad.: Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, Muhitdinov, 1926; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga karshi kurash, T., 2002.

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: MUHITDINOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JADIDCHILIK
YoSh BUXOROLIKLAR
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты