NASLCHILIK KITOBI

NASLCHILIK KITOBI, nasldor hayvonlar davlat kitobi — zot standartlariga mos keladigan naslli mollarni roʻyxatga olish kitobi. Naslchilik kitobida xoʻjaliklarda urchitilayotgan hayvonlar zotlaridagi eng mashhur erkak va urgʻochi hayvonlarning kelib chiqishi va mahsuldorlik koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlar qayd qilib boriladi. Naslchilik kitobi zotlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Dunyoda birinchi marta Naslchilik kitobi Angliyadagi yoʻrtoqi otlarning sinov natijalari boʻyicha 1751-y. da nashr etilgan. 1793-y. da nashr etilgan kitobda 1690-y. dan boshlab yoʻrtoqi sof zotli otlarning genealogik maʼlumotlari toʻplangan. Keyinchalik qoramol zotlari: 1822-y. da shortgorn va gernsey; 1838-y. da jersey; 1845-y. da gereford; 1862-y. da aberdin-anguss va gallovey zotlari boʻyicha Naslchilik kitobi lari chop etilgan. Rossiyada 1834-y. da salt miniluvchi sof zot va 1839-y. da orlov zoti boʻyicha, 1903 — 08 y. larda Kursk, Xarkov va Shimoliy q. x. jamiyatlarining Naslchilik kitobi tashkil etilgan. 1924-y. da yaroslav, 1926-y. da qizil gorbat, 1927-y. da xolmogor sigir zotlari toʻgʻrisidagi kitoblar chop etilgan.

Oʻzbekistonda Naslchilik kitobi birinchi marta 1941-y. da N. A. Teterin va P. P. Yesyutinlar tomonidan «Oʻrta Osiyoning zotli otlari» boʻyicha 1-jild, shuningdek, 1950 va 1960 — y. larda P. K. Trofimov va V. A. Shchekinlar tomonidan «Qora-bayir zotlari» kitobining 2 – va 3-jildlari, 1982-y. da K. A. Lixov, N. T. Gorshkov va T. D. Sabdushevlar tomonidan «Qorabayir zotlari»ning 4-jildi tayyorlanib, nashr etilgan. Qoramolchilikda 1958-y. da A. A. Atbashyan tomonidan «Bushuyev zot guruhi» davlat N. k. ning 1-jildi tuzilgan boʻlib, unda 60 buqa va 240 sigir, 1982-y. da A. M. Mustafayev tomonidan «Bushuyev zotlari» davlat naslchilik kitobining 2-jildi tuzilib, bunda 45 buka va 568 sigir haqidagi maʼlumotlar berilgan. Qoʻychilikda 1949-y. da «Hisor qoʻy zotlari»ning 2-jildi va 1980-y. da «Qorakoʻl qoʻy zotlari»ning 11 jildi nashr etilgan.

Kitobda kayd etilgan maʼlumotlardan i. ch. da keng mikesda foydalanish mumkin. Ushbu kitob respublikada urchitilayotgan nasldor qoramol, ot, tuya, qoʻy va echkilarni roʻyxatga olish, ularning mahsuldorlik koʻrsatkichlarini tahlil qilib, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida keng targʻib qilish imkonini beradi.

Izatulla Eshmatov.


Lotin alifbosida maqola: NASLCHILIK KITOBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA
TOSHKENT
SHORTGORN QORAMOL ZOTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты