SHORTGORN QORAMOL ZOTI

SHORTGORN QORAMOL ZOTI (ing — kalta shoxli) — goʻsht va sutgoʻsht uchun boqiladigan zot. 18-asrda Buyuk Britaniyada chiqarilgan. Shortgorn qoramol zotining birinchi naslchilik kitobi 1822-yilda chop etilgan. Shortgorn qoramol zoti koʻpgina Yevropa mamlakatlarida, Shortgorn qoramol zoti Janubiy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiyadatarqalgan. 19-asrda Rossiyaga keltirilgan. Goʻshti uchun boqiladigan mollarning tana tuzilishi ixcham, gavdasi keng, baland, boshi kichikroq, oyoqlari kalta va baquvvat, boʻyni kalta. Shortgorn qoramol zotining tusi, asosan, qizil, oq, qizilola, chavkar va boshqalar tuslilari ham uchraydi. Goʻsht yoʻnalishidagi sigirlar vazni 600—650 kg, buqalariniki 900—1000 kg, ayrimlariniki 1300 kg. Soʻyim chiqimi 65 — 72%. Sigirlarning sutdorligi (buzoq emadigan sut miqdori) 1800—2000 kg. Sutgoʻsht yoʻnalishidagi sigirlarning sut sogʻimi 4000—4500 kg, yogʻliligi 3,7—3,9%. Sh. q. z. Oʻzbekistonga sof holida keltirilmagan, lekin uni chatishtirish natijasida yaratilgan santagertruda qoramol zoti 1967-yilda olib kelinib, Jizzax viloyatining «Baxmal» xoʻjaligida naslchilik fermasi tashkil etilgan.


Lotin alifbosida maqola: SHORTGORN QORAMOL ZOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
BUYUK BRITANIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
YAPONIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты