MOʻGʻUL TILLARI

MOʻGʻUL TILLARI — moʻgʻul xalkdari tillari guruhi. Umumiy soʻzlashuvchilar soni taxm. 7 mln. kishidan iborat. Ushbu tillar guruhini oltoy tillarite. qoʻshish mumkinligi haqida farazlar ham bor. M. t. qachonlardir (16—17-a. largacha) yagona til boʻlgan moʻgʻul tili lahjalarining rivojlanishi natijasidir. Ular quyidagicha tasniflanadi: asosiy Moʻgʻul tillari — hoz. mongol tili, buryat tili, qalmox, tili; marginal (chekka) Moʻgʻul tillari — Afgʻonistondagi mogʻol, Xitoyning shim.-sharqidagi dagʻur, Gansu va Sinxay viloyatlaridagi mongʻor, dunsyan, baoan tillari. Asosiy Moʻgʻul tillari uchun 13-a. dan 20-a. boshlarigacha (qalmoqtili uchun — 17-a. oʻrtasigacha) yagona qad. yozuvli moʻgʻul tili qoʻllanib kelgan. Marginal Moʻgʻul tillariga eroniy til va lahjalar, xitoy va tibet tillari kuchli taʼsir koʻrsatgan. Asosiy Moʻgʻul tillari fonologik jihatdan singarmonizmga asoslangan, grammatik qurilishiga koʻra esa suffiksal-agglyutinativ til hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: MOʻGʻUL TILLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
JAHON TILLARI
YER
TOSHKENT
ERONIY TILLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты