MOʻGʻULCHA — Shashmaqomyaagi har bir maqomning ashula boʻlimida 2-guruhni tashkil etuvchi asosiy shoʻbalardan biri. Ular savt shoʻbalari kabi 5 chorak takt oʻlchovidagi doira usulida ijro etiladi: M. lar jami 4 ta boʻlib, Buzruk maqomida — M. i Buzruk, Navoda — M. i Navo, Dugohda — M. i Dugoh, Segoada — M. i Segohdeb ataladi. Moʻgʻulchalar, asosan, Shashmaqomdagi 1-guruh shoʻbalarining bosh mavzui — Saraxborlarga hamohang boʻlib, ularning Moʻgʻulcha doira usuliga tushirilgan variantlaridir. Moʻgʻulcha shoʻbasi Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufardan iborat oʻz shoxobchalariga ega. Ular bir-biridan, asosan, usul va surʼati bilan farklanadi hamda Moʻgʻulcha shoʻbalari nomi bilan qoʻshib ataladi (mas, Talqinchai Moʻgʻulchai Buzruk, Qashqarchai Moʻgʻulchai Navo, Soqiynomai Moʻgʻulchai Dugoh va h. k.). M. larning Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar qismlari raqs bilan ham ijro etilishi mumkin. Moʻgʻulchai Dugoh va uning turkumlanish xususiyatlaridan kompozitor M. Tojiyev oʻzining 9-simfoniyasi (1979) da unumli foydalangan.