NATRIY

NATRIY (arab, natrun, yun. nitron — tabiiy soda; lot. natrium) , Na — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, at. m. 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 23Na va 24Na muhim. Natriyning tabiiy birikmalari — osh tuzi NaCl, soda Na2CO3 qadimdan maʼlum. Metall holidagi Natriyni 1807-y. da ingliz olimi G. Devi oʻyuvchi natriyni elektrolizlab ajratib olgan. Massa jihatdan Yer poʻstining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyosh atmosferasi va yulduzlararo fazoda Natriy borligi aniqlangan. Dengiz suvida 1,5-1016 t N. bor. Natriy tabiatda faqat bi-rikma (tuzlar) holida uchraydi. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid, yaʼni osh tuzi (tosh tuz, galit) NaCl, natriy sulfat (mirabilit, glauber tuzi) Na2SO410H2O, natriy nitrat (chili selitrasi) NaNO3, natriy sulfat (tenardit) Na2SO4, trona (NaHCO3)2, natriy alyuminiy geksaftorid (kriolit) 3NaF-AlF3, natriy tetraborat (bura — tinkal) №2V4O710N2Ovab. Bundan tashqari, N. Sa, Sr, Ba, Mg, A1 va nodirer elementlari bilan birgalikda koʻpgina tabiiy silikatlar tarkibiga kiradi. Natriy oʻsimliklar (boʻyimodaron, dengiz oʻti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida boʻladi. Mac, H. ionlari odam qoni plazmasida 0,320%, suyakda 0,6%, muskul toʻqimasida 0,6—1,5% ni tashkil kiladi. Organizmda sarf qilingan Natriy oʻrnini toʻldirish uchun kishi sutkasiga 4—5 g osh tuzi isteʼmol qilishi lozim. Natriy konlari yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Surxon-daryo viloyatida va Qoraqalpogʻistonda katta osh tuzi konlari bor.

Natriy — kumush kabi oq, yumshoq metall; pichoq bilan oson kesiladi. Zichligi 0,968 g/sm3 (20° da), suyuqlanish t-rasi 97,83°, qaynash t-rasi 882,9°. Kimyoviy jihatdan juda faol. Havoda oson oksidlanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib (reaksiya baʼzan portlash bilan boradi), natriy gidroksid NaOH va N2 hosil qiladi. Vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, uglerod va b. bilan reaksiyaga kirisha oladi. Natriy suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Koʻpgina metallar bilan qotishmalar beradi.

Natriy osh tuzi NaCl ni elektrolizlab olinadi. Natriy juda faol metall boʻlgani uchun kerosinda saqlanishi kerak. Uni kavsharlab bekitilgan idish yoki maxsus sisternada tashish mumkin. Natriyni ishlatishda maxsus korjoma, qoʻlqop kiyib, koʻzoynak taqish lozim. Ish joyi yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlanishi zarur. Natriy bor joyda yongʻinni suv bilan oʻchirish mumkin emas, aks holda portlash yuz beradi.

Natriy (oʻzi yoki qotishmasi) aviatsiya dvi-gatellarida, yadro reaktorlarida, maxsus yoritkichlarda, metallurgiyada (qay-taruvchi sifatida va qotishmalar olishda) va tetraetilqoʻrgʻoshin olishda, birikmalari tibbiyotda kasalliklarni davolashda, q. x. da oʻgʻit sifatida ishlatiladi.

Natriy birikmalari. Natriy bikarbonat, ichimlik soda — NaHCO3 rangsiz monoklin panjarali kristall modda, zichligi 2,16—2,22 g/sm3. Kizdirilganda 50° dayoq oʻzidan karbonat angidrid SO2 ni chiqara boshlaydi. 100—150° da butunlay parchala-nib, natriy karbonat Na2CO3 ga aylanadi. Suvda 20° da 8,8%, 60° da 14,1% eriydi. Natriy karbonatga SO2 taʼsir ettirib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va oʻt oʻchiruvchi modda sifatida ishlatiladi (q. Soda).

Natriy bromid, NaBr — bromid kislota (NVg)ning natriyli tuzi. Rangsiz gigroskopik kristall modda, zichligi 3,20 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 747°, kaynash t-rasi 1390°. Suvda yaxshi eriydi, 30° dan past t-rada NaBr-2H2O holida kristallanadi. NaOH eritmasi Vg taʼsir ettirib olinadi. Optik material sifatida, tibbiyotda va fo-tografiyada ishlatiladi.

Natriy yodid, Nal — rangsiz kristall modda, zichligi 3,665 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 662°, kaynash t-rasi 1307°. Yorugʻlikda xavodagi kislorod bilan oksidlanib, erkin yod ajratib sargʻayadi. Suvda 20° da 64,1%, 100° da 75,1% eriydi. Suv bilan kristallogid-ratlar hosil qiladi: Nal-5H2O, NaI-2H2O. Metil va etil spirtida, atsetonda eriydi. Fe3lH b-n NaCO3 oʻrtasidagi almashish reaksiyasi asosida olinadi. Tibbiyotda yod preparati sifatida qoʻllanadi.

Natriy silikatlar — silikat kislotalarning natriyli tuzlari, natriy metasilikat (Na2SiO3), natriy ortosilikat (Na4SiO4), natriy pirosilikat (Na6Si07), natriy bisilikat (Na2SiO5), natriy trisilikat (Na2Si3O7). Suvda eriganda quyuq kolloid eritma hosil qiladi. Natriy me-tasilikatning 1, 5, 6, 8 va 9 molekula suvli, natriy pirosilikatning 3,5 va 11 molekula suvli kislotallogidratlari mavjud.

Natriy metasilikat shishasimon amorf modda. Zichligi 2,614 g/sm3, suyuklanish t-rasi 1089°. Natriy ortosilikatning 2 ta modifikatsiyasi bor, bir turdan ikkinchi turga aylanish t-rasi 960°; suyuklanish t-rasi 1118° (parchalanadi). Natriy pirosilikat oʻtkir qirrali plas-tinkasimon kristall modda. Zichligi 2,96 g/sm3, suyuklanish t-rasi 1115°. Natriy bisilikat romb panja-rali kristall modda. Zichligi 2,496 g/sm3, suyuklanish t-rasi 874°. Natriy trisilikat monoklin panjarali kristall modda. Zichligi 2,467 g/sm3, suyuklanish t-rasi 700°. N. s. tegishli tarkibli shishalarni kristallash yoʻli bilan olinadi. Shisha, alyumosilikat katalizatorlar, seolitlar, shuningdek, suyuq shisha i. ch. da qoʻllanadi.

Natriy tiosulfat (natriy giposulfit), Na2S2O32H2O — rangsiz, yaltiroq kristall modda, zichligi 2,119 g/ sm3. Suvsiz Na2S2O3 ok, poroshok, ochiq havoda faqat bir necha kun barqaror. Nam havoda tez oksidlanadi. Spirtda erimaydi. 100 g suvda 20° da 70,2 g eriydi. Suvdagi eritmasi havodan kislorod yutadi . Oltingugurtni natriy sulfatning issiq eritmasida eritib: Na2SO3+S=Na2S2O3; natriy gidrosulfidni natriy bi-sulfitga taʼsir ettirib: 2NaHS + 4NaHSO3 = 3Na2S2O3+ ZN2O va b. usullarda olinadi. Fotografiyada, toʻqimachilikda, koʻnchilikda, tibbiyo-tda, shuningdek, analitik kimyoda reaktiv sifatida ishlatiladi.

Natriy fosfatlar — meta-, orto – va pirofosfat kislotalarning natriy tuzlari. Ortofosfat kislota uch xil fosfat hosil qiladi, Mas, mononatriy fosfat (NaH2PO4), dinatriy fosfat (Na2HPO4); trinatriy fosfat (Na3PO4). Agar NaH2PO4 qizdirilsa, oʻzidan suv chiqarib natri y gidropirofosfat (Na2H2P2O7) ga, yanada kuchliroq qizdirilsa, polimer modda — natriy geksametafosfat (NaPO3)6 ga aylanadi. Agar Na2HPO4 qizdirilsa, natriy pirofosfat (Na4P2O7) hosil boʻladi. Natriy suvni yumshatishda, rudalarni boyitishda, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat sanoatlarida, fotografiyada, elektrolizda va b. soxalarda qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: NATRIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KIMYO
CHILI
QUYOSH
ALYUMINIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты