CHILI (Chile) Chili Respublika s i (Republica de Chile) — Jan. Amerikaning jan. gʻarbida joylashgan davlat. Mayd. 756,9 ming km2. Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). Poytaxti — Santyago sh. Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Chili — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-y. da kabul qilingan va 1981-y. dan kuchga kirgan; 1989, 1994, 2004-y. larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-y. dan Rikardo Lagos Eskobar), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 4 y. mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; prezident xukumatga ham boshchilik qiladi.
Tabiati. Chili shim. dan jan. ga Tinch okean sohili boʻylab 4300 km ga choʻzilgan, hududining katta qismini And togʻlari (bal. 6880 m gacha), shim. ni Atakama choʻli egallagan. Mamlakat jan. da Patogoniya tekisligi joylashgan. Chili hududi tarkibiga qirgʻoqqa yaqin bir necha orol, Olovli Yer o. ning garbiy qismi hamda Tinch okeandagi baʼzi orollar (Pasxa o. va b.) kiradi. Relyefida 3 boʻylama mintaqa yaqqol koʻrinadi: sharqda Andning Bosh Kordilyera togʻlari, gʻarbda sohil boʻyi Kordilyera tizmasi va togʻ oraligʻi botigʻida Boʻylama vodiy bor. Ch. da vulkan koʻp; teztez zilzilalar boʻlib turadi. Chili hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganes, qoʻrgʻoshin, oltin, kumush, toshkoʻmir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi shim. qismida tropik choʻl iklimi (yillik yogʻin 50 mm dan kam). Subtropik Oʻrta Chilining shim. da iqlim quruq (yillik yogʻin 100—200 mm), markazida oʻrta dengiz iqlimi, qishda yomgʻir yogʻadi (Santyago sh. da yiliga 350 mm), jan. da nam subtropik ikdim (yillik yogʻin 2000—2500 mm). Janubiy Chilida iklim moʻtadil okean iklimi, yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga 3000—7000 mm). Togʻlarda muzliklar bor. Oʻrtacha oylik tra shim. da 12—16° dan (iyulda) 18 — 22° gacha (yanv. da), markazida 8—20°, jan. da 8—15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinch okean xavzasiga mansub. Shimoliy Chilida Loa daryosidan boshqa oqar su v yoʻq. Jan. da esa daryolar yil davomida sersuv. Shimoliy Chilida tuproq va oʻsimlik qoplami yaxshi rivojlanmagan. Oʻrta Chilining shim. chala choʻl, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And togʻlarining oʻrta yon bagʻirlari qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi togʻ dashtlari. Oʻrta Chilining jan. dagi qoʻngʻir oʻrmon va botqoqli tuproqlarda qalin oʻrmonlar, And togʻlarida qoraqayinigna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bor. Jan. da subantarktika aralash oʻrmonlari, chekka jan. da botqoqlashgan oʻtloqlar va torfli yerlar uchraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Chili shimolida aguarachay tulkisi, puma, sudralib yuruvchilar, jan. da pudu va uemul bugʻulari, amerika sassiqkoʻzani, suvsar, magellan tulkisi va b. yashaydi. Chilida Vilyarrika, BernardoOʻ Xiggins, AlbertoAgostini, LosParaguas, PeresRosales va b. milliy bogʻlar hamda qoʻriqxonalar tashkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o. larida).
Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari — Santyago, Valparaiso, VinyadelMar.
Tarixi. Chili hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan. 15-a. da mamlakatning shim. qismini inklar egallab oldi. 16-a. ning 30-y. larida Chiliga ispan konkistadorlari bostirib kirdi. 16-a. ning oʻrtalarida Chili hududi Ispaniyaning Peru vitseqirolligi tarkibiga kirgan. 1810-y. iyulda ispanlar zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. 18 sent. da milliy hukumat xuntasi tashkil topdi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Chili mustaqilligi eʼlon qilindi (1818-y. 12 fev.). 1823-y. qulchilik bekor qilindi. 19-a. oʻrtalaridan Chiliga chet el sarmoyalari kirib kela boshladi. 1865—66 y. larda Ch. Peru, Boliviya va Ekvador bilan birgalikda Ispaniyaga, 1879—84 y. larda Buyuk Britaniya yordamida Peru va Boliviyaga karshi urush olib bordi. Natijada bu davlatlarning selitra zaxiralariga boy hududlari Chiliga oʻtdi. Bu mamlakatda konchilik sanoatining rivojlanishiga imkon yaratdi. ljahon urushi yillari (1914—18) Chili betaraflik eʼlon qildi. 1927-y. gi davlat toʻntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura oʻrnatildi, siyosiy partiyalar, ishchi va kasaba uyushma tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. 1936-y. Ch. da Kommunistik, Radikal va Sotsialistik partiyalar ishtirokida Xalq fronti tuzildi va uning nomzodi P. Agirre Serda 1938-y. dagi prezident saylovida galaba qozondi. Hukumat bir qancha ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. 1941-y. oʻng sotsialistlarning sotqinligi tufayli Xalq fronti tarqalib ketdi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Chili Germaniya (1945-y. fev.) va Yaponiya (1945-y. apr.)ga karshi urush eʼlon qilgan boʻlsa ham amalda urushda qatnashmadi. 1947—58 y. lar hokimiyatni diktatorlik rejimi boshkardi. 1956-y. Chili KP (1922-y. tuzilgan) va Sotsialistik partiyasi (1933-y. asos solingan) Xalq harakati frontini, 1969-y. Kommunistik, Sotsialistik va b. soʻl partiyalar Xalk, birligi blokini tashkil etdilar. Xalq birligi bloki nomzodi S. Alyende Gossens saylovlarda gʻalaba qozonib, mamlakat prezidentligiga saylandi. 1973-y. dagi harbiy toʻntarish paytida Alyende oʻldirildi va hokimiyat tepasiga A. Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. U 15 y. dan ortiq vakt davlatni boshqardi.
Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; shu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Jan. Amerikadagi davlatlar oʻrtasida oldingi oʻrinlardan birini egalladi. Bu Ch. ga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga aʼzo boʻlish imkoniyatini yaratdi. 1989-y. gi demokratik saylovlar natijasida A. Pinochet hokimiyatdan ketdi va 1990-y. dan mamlakatni demokratik yoʻl bilan boshqarish shakli oʻrnatildi. Chili 1945-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992-y. 18-martda tan olgan va 1994-y. 16 sent. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 18 sent. — Mustaqillik kuni (1810).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Ch. Kommunistik partiyasi, 1922-y. tuzilgan; Demokratiya uchun kurash partiyasi, 1988-y. tashkil etilgan; Milliy yangilanish partiyasi, 1987-y. tuzilgan; Ch. radikal sotsialdemokratik partiyasi; Ch. sotsialistik partiyasi, 1933-y. tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1957-y. tuzilgan; Ch. birlashgan sotsialistik partiyasi. Chili mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1988-y. Chili mehnatkashlari yagona kasaba uyushmasi markazi (1953) negizida tashkil etilgan.
Xujaligi. Ch. Lotin Amerikasidagi iktisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda q. x. va baliq ovlash ulushi 6,4%, sanoatniki 38,8%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 54,8% ni tashkil etadi.
Sanoati. Chili mis qazib olish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi (yiliga oʻrtacha 2488 ming t). Shuningdek, tabiiy selitra, molibden, neft, temir rudasi, oltin, kumush, tabiiy gaz, toshkoʻmir qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 25,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Sanoatning oziq-ovqat va yengil sanoat tarmogʻi rivojlangan. Mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlanmoqda.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk tashishda avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. 79,8 ming km. T. y. uzunligi 6,6 ming km. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga toʻgʻri keladi. Muhim dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago sh. da xalqaro aeroport bor. Chili chetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, q. x. mahsulotlari, selitra, qogʻoz, yod chiqaradi; chetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va mashina jihozlari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina, Braziliya, Yaponiya, Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — chili pesosi.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Chilida vrachlar universitetlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi.
Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 y. lik majburiy taʼlim joriy etilgan. Asosiy deb nomlangan boshlangʻich maktabda oʻqish 8 y., oʻrta maktabda 4 y. Asosiy maktab negizida 4 y. lik hunartexnika maktablari va ped. bilim yurtlari ishlaydi. Mamlakatda 8 universitet bor. Yiriklari: Chili universiteti (1843), Texnika davlat universiteti (1947), Katolik universitet (1888); hammasi Santyago sh. da. Shuningdek, 3 oliy kollej, konservatoriya va amaliy sanʼat maktabi mavjud. Ilmiy muassasalar, asosan, Santyago sh. da joylashgan. I. t. lar Chili bakteriologiya inti (1929), meteorologiya xizmati (1894), harbiy geogr. inti (1922), geogr., geodeziya va geofizika milliy qoʻmitasi (1955), gidrografiya inti (1874, Valparaiso), geol. inti (1957), Antarktida inti (1963), yadro energiyasini oʻrganish milliy markazi, Okeanografiya inti (1945, Valparaiso), Lebu ilmiy inti (1945, araukanlar tarixini oʻrganadi), Ch. akademiyasi (1855), Ch. Tabiiy fanlar akademiyasi (1926), Ch. tarix akademiyasi (1940), Chili FA (1964)da olib boriladi. Yirik kutubxonalari: Ch. milliy kutubxonasi (1813), Chili universitetining markaziy kutubxonasi; ikkovi ham Santyago sh. da. Muzeylari — Milliy tarix muzeyi, Nafis sanʼat milliy muzeyi, Ped. muzeyi, hoz. zamon sanʼati muzeyi, amerika xalqi sanʼati muzeyi va b.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Chilida bir kancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: «Analisis» («Tahlil», haftalik jur., 1977-y. dan), «Merkurio» («Merkuriy», kundalik gaz., 1827-y. dan), «Nasyon» («Millat», kundalik gaz., 1917-y. dan), «Oy» («Bugun», haftalik jur., 1977-y. dan), «Segunda» («Sekunda», kundalik kechki gaz., 1931-y. dan), «Tersera» («Chorak», kundalik gaz., 1950-y. dan), «Ultimas notisias» («Soʻnggi axborot», kundalik gaz., 1902-y. dan).
Orbe Servisnoye Informatios (SA) hukumat axborot agentligi 1953-y. fev. da tuzilgan. Chili yangiliklar agentligi, 1993-y. asos solingan. Chili radiostya assotsiatsiyam 1936-y. da tashkil etilgan; 455 radiostyani birlashtiradi. Chili — 7 kanal milliy televideniyesi hukumat mahkamasi boʻlib, 145 styani birlashtiradi. Bir qancha tijorat radio va televideniye styalari bor.
Adabiyoti Chilini Ispaniya bosib olgandan beri ispan tilida rivojlanmoqda. Ispaniyalik A. de ErsilyaiSuniga (1533—94)ning «Araukana» dostoni (1—3 qismlar, 1569—89) 16-a. da yaratilgan eng yirik asar hisoblanadi (unda araukanlarning ispan mustamlakachilarga qarshi kurashi aks ettirilgan). Bu davrda kreollar folklori ispan xalq sheʼriyati asosida rivojlandi. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi davri (1810— 26)da publitsistika asosiy janr boʻlib qoldi. Birinchi Chili gazetasi — «Aurora de Chile» («Chilining tonggi shafagʻi») ning asoschisi K. Enrikes bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Milliy dramaturgiya asosini M. Magalyanes yaratdi. 1818-y. Chili mustaqillikka erishgach, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kup adiblar Chilida yashab ijod qildilar. Venesuela yozuvchisi, olim va davlat arbobi A. Belyo, argentinalik yozuvchi, jamoat arbobi va maʼrifatparvar D. M. Sarmyanto va b. ijodi Chili madaniyati rivojida muhim rol oʻynaydi. Chili jamoat arbobi, olim va adib X. VLastarrin (1817—88) Chili adabiyot jamgʻarmasini tashkil etib (1842), milliy adabiyotni yaratish vazifasini qoʻydi. 19-a. 1yarmida sheʼriyat romantizm ruhida rivojlandi (S. Sanfuentos, E. Lilyo va b.). Nasrda kostumbrizm yetakchi yoʻnalish boʻlib qoldi. 19-a. oʻrtalarida tanqidiy realizm maydonga keldi. A. Bleyet Gana (1830—1920) uning yirik vakilidir. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida P. A. Gonsales Bastias, M. Xara va b. sheʼriyatda yangi badiiy shakllarni izlay boshladilar. Bunga maʼlum darajada nikaragualik shoir R. Dario ijodi taʼsir koʻrsatdi. 1920-y. larda T. Mistral, V. Uydobro kabi shoirlar samarali ijod qildilar. 30-y. larda shoir P. Neruda ijodi chuqur evolyutsiyani boshidan kechirdi. Shu davrda ijod qilgan F. Gana, F. Santivan, L. Duran va b. oʻz asarlarida dehqonlar hayotini aks ettirdilar. Dehqonlarning sinfiy kurashi R. Lomboy, M. Gerrero romanlarida, ishchilar hayoti, ularning farovon kelajak uchun kurashi N. Gusman, A. Sabeli, D. Munyos, G. Senteno, V. Teytelboym romanlarida oʻz ifodasini topdi. F. Koloan, M. Roxas, G. Atias nasriy asarlari ijtimoiy muammolarga bagʻishlandi. 1960—70 y. larda siyosiy qoʻshiqlar janri keng tarqaldi. V. Xara bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp adib va shoirlar taʼqib ostita olindi. Mamlakatni tashlab ketishga majbur boʻlgan adiblar oʻz asarlarida Chili fojiasini aks ettirdilar (A. Skarmet, V. Teytelboym romanlari va b,).
Meʼmorligi. Chili hududida yashagan indeyslarning qad. sanʼatidan qalʼalar, baland tosh devor bilan oʻralgan 1—2 qavatli uylardan iborat qishloq xarobalari saqlangan. 16-a. dan fort, shaxar va cherkovlar, ichki hovlisi boʻlgan 1 qavatli uylar qurildi. 18—19-a. larda barokko va klassitsizm uslubida shaxar binolari, cherkov va saroylar barpo etildi (meʼmorlar X. ToeskaiRichi, M. de Xara Kemada). 19-a. Ch. meʼmorligida eklektizm, 20-a. boshlarida modern uslubi karor topdi. 20-a. ning oʻrtalarida shaharlar qayta qurildi, zamonaviy meʼmoriy inshootlar, jumladan, «Gonsales Kortes» (1960—63, meʼmor S. Gonsales va b.), «Portales» (1961—63, meʼmor K. Breshani va b.) turar joy majmualari, Santyagoda Texnologiya inti (1962—65, meʼmor K. Breshani va b.) bunyod etildi.
Tasviriy sanʼati. Indeyslarning kad. madaniyati Peru madaniyati bilan bogʻliq. Turli shakllarda yasalgan va rayem solingan sopol idishlar, metall taqinchoqlar, odam va ov manzaralarining qoyatoshlarga ishlangan tasviri saqlangan. Bu anʼanalar toʻquvchilik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligida oʻz aksini topgan. 18—19-a. larda manzara rassomligi va haykaltaroshligi, gravyura rivojlandi (A. Santelises). 19-a. oʻrtalarida portretchilar F. X. Mandyola, A. Gana, 19-a. 2yarmida rassomlar P. Lira va M. A. Kiro ijod qildilar. Rassomlar A. Valunsuela Lyanos, E. Plasa, haykaltaroshlar N. Plasa, V. Arias 19 va 20-a. ning realist ustalari boʻlgan. 20-a. da Chilida turli modernistik oqimlar (kubizm, syurrealizm, abstraksionizm) keng tarqaldi. K. Ermosilya Alvares, G. Nunyes, P. Lbos, X. Eskames kabi rassomlar, L. Dominges, S. Roman Roxas kabi haykaltaroshlar realistik anʼanalarda ijod qildilar.
Musiqasi. Chilining qad. musiqa madaniyatini tub joy aholisi avlodlari, avvalo, araukanlar saqlab kelmoqdalar. Ularning asosiy musiqa asboblari: zarbli — baraban (kultrun), shakildoq (uada); puflama — trutruka, lolkin, pifyulka. Kreollar xalq musiqasi argentina xalq musiqasiga yaqin. Qoʻshiqraqs janrlari — kueka, kuando, qoʻshiq janri — tonada (yakka ijro etiladigan lirik qoʻshiq). Musiqa cholgʻu asboblari — gitara, arfa, gi . tarron. 19-a. Santyagoda filarmoniya jamiyati tuzildi (1827), musiqa maktabi ochildi (1849; 1851-y. dan konservatoriya). Kompozitorlardan M. Robles Ortis de Sarate (19-a.), K. Lavin, P. U. Alyende Saron, X. Urrutia Blondel, E. Soro, D. SantaKrus Vilson (20-a.), dirijyorlar A. Karvaxal, V. Teva, pianinochilar K. Arrou, X. Reyes, skripkachi P. dʻ Andurayn mashhur. Santyagoda Chili simfonik orkestri (1941-y. tashkil etilgan), Munitsipal simfonik orkestri (1955), Torli kvartet (1954), Ch. milliy baleti (1957), shuningdek, Milliy konservatoriya ishlaydi.
Teatri. Professional teatr sarchashmalari Chili hududida yashagan indeyslarning xalq marosimlaridan boshlanadi. 17—18-a. larda Santyago va Konsepsyon sh. laridagi toʻy marosimlarida spektakllar qoʻyilgan. 1709-y. Santyagoda birinchi teatr binosi qurildi. Bu teatrda, asosan, ispan dramaturglari — L one de Vega, A. Moreto, X. Ruis, L. Sagredo pyesalari sahnalashtirildi. 1791-y. Valparaiso sh. da teatr barpo etildi. 1815-y. Santyagoda «Kolisso» teatri ochildi. Chili mustaqillikka erishgach, 1818-y. Santyagoda «Romada» teatri ishlay boshladi va unda milliy dramaturg M. Magalyanes asarlari qoʻyildi. 1842-y. Chili universiteti huzurida teatr (1857-y. dan munitsipal teatr), 1848-y. «Respublika teatri» tashkil etildi. 19-a. Chili teatri taraqqiyotida argentinalik dramaturglar — K. Belyo, R. Minnyelelar muhim rol oʻynaydi. 20-a. ning 1yarmida mamlakatning koʻp shaharlarida havaskorlik jamoalari paydo boʻldi. 1939-y. Santyagoda Kichik universitet teatri, 1941-y. Chili universitetining tajriba teatri (hoz. Chili universiteti huzuridagi teatr inti) tuzildi. 1946-y. Santyagoda Sahna sanʼati xalq maktabi ochildi. 50-y. larda R. Frontaur, V. Vargas, A. Flores rahbarligida teatr guruhlari yuzaga keldi. Shuningdek, «Teatro munisipal», «Atelye», «Teatro mimiko» teatrlari ishlaydi. 20-a. ning 50—60-y. larida teatr repertuarlaridan X. Dias, I. Agirre, Ye. Bunster, D. Barros Gres va b. dramaturglarning pyesalari, jahon klassik yozuvchilarining asarlari oʻrin oldi. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp teatr arboblari qamoqxonalarda halok boʻldilar, xorijga ketishga majbur boʻldilar va oʻsha yerda teatr jamoalarini tuzdilar. Jumladan, 1976-y. Fransiyada «Alef» teatri, 1980-y. Shvetsiyada Sandino nomidagi Lotin Amerikasi teatri (chililik teatr arbobi I. Kontilyano rahbarligida) paydo boʻldi.
Kinosi. Chilida birinchi hujjatli xronikal film 1907-y. yaratildi. 20a. boshlarida Santyago va Valparaiso sh. larida «Jambastianifilm», «Chilefilm» va b. kinofirmalar ishlay boshladi. 1934-y. birinchi ovozli film («Shimol va janub», rej. X. Delano) yaratildi. 30-y. larning 2yarmida, asosan, qisqa metrajli, xronikal va hujjatli filmlar ekranga chikdi. 40-y. larda tijorat filmlari bilan birga rej. XDelanoning «Krilyonlik qiz» (1941), «Gollivud» (1944) filmlari namoyish etildi. 1957-y. Santyago universiteti huzurida kino inti ochildi. 60-y. larning eng yaxshi filmlari: «Qonli selitra» (1969, rej. E. Soto), «Viz yashaydigan uy» (1970, rej. P. Kaulen) va b. 1970-y. lar boshida Lotin Amerikasi kinosi oltin fondiga kirgan «Oʻrtoq prezident» (1970, rej. M. Littin), «Ovoz va miltiq» (1971, rej. E. Soto), «Guvoxlar» (1971, rej. K. Elsesser) va b. filmlar yaratildi. Hokimiyat harbiy xunta qoʻliga oʻtgach, ilgʻor kino arboblar taʼqibga uchradi. 70-y. larning oxirida Chilining taraqqiyparvar rej. lari chet elda bir qancha filmlar yaratdilar [«Buni unutib boʻlmaydi» (1975, rej. lar M. Malyet, X. Faxardo, R. Gonsales), «Marusiya konidagi voqea» (1976, rej. M. Littin) va b. ].