ODAM OʻLDIRISH

ODAM OʻLDIRISH — qasddan boshqa shaxsni hayotidan mahrum qilish. Jinoyat huquqida shaxsga qarshi qaratilgan eng ogʻir jinoyatlardan biri boʻlib, fuqarolar xayoti xavfsizligini taʼ-minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz hisoblanadi. Odam oʻldirish Oʻzbekiston Respublikasi JK 97-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Ehtiyotsizlik or-qasida Odam oʻldirish mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qiladi (JK, 102-modda). Odam oʻldirish moddiy tarkibli jinoyatlar sirasiga kiradi. Odam oʻldirish aybdorning harakati yoki harakatsizligi tufayli odam oʻlgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. OʻzR Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan Odam oʻldirish turlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:

1) qonunda nazarda tutilgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz Odam oʻldirish (10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi);

2) aybni ogʻirlashtiruvchi holatlarda Odam oʻldirish (ikki yoki undan ortiq shaxsni; xrmiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni; ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsni; xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning qarindoshini; boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda; ommaviy tartibsizliklar jarayonida; oʻta shafqatsizlik bilan oʻldirish va b. — 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi); 3) aybni yengillashtiruvchi holatlarda Odam oʻldirish (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida Odam oʻldirish — 5 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish; onaning oʻz chaqalogʻini qasddan oʻldirishi —3 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish; zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan Odam oʻldirish — 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; ehtiyotsizlik orqasida Odam oʻldirish —2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).

Mirzayusuf Rustamboyev.


Lotin alifbosida maqola: ODAM OʻLDIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JINOYATLARNI TASNIFLASH
IQTISODIY JINOYATLAR
MODDIY JAVOBGARLIK
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты