NAXICHEVAN, Naxichevan Muxtor Respublikasi — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi muxtor respublika. Zakavkazyening jan. da joylashgan. Arake daryosi boʻylab Turkiya, Eron bilan chegaradosh. Mayd. 5,5 ming km2. Aholisi 306 ming kishi. Poytaxti — Naxichevan sh. Maʼmuriy jihatdan 6 tuman, 4 shahar va 6 shaharchaga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Naxichevan — muxtor respublika. Qonun chiqaruvchi hokimiyati Oliy majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni vazirlar kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Tabiati. Naxichevan Zakavkazye togʻligining jan.-sharqiy qismini egallaydi. Shim. da Daralagez tizmasi, sharkda Zangezur tizmasi (eng baland joyi — Ka-pitjik togʻi, 3904 m). Arake daryosi boʻylab jan. va jan.-gʻarbiy qismi te-kislik. Foydali qizilmalari: molibden va polimetall rudalari, tosh – tuz, qurilish materiallari va b. Mineral suvli buloklar bor. Iklimi keskin kontinental, quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 3—14°, iyulniki 25— 28° (tog choʻqqilarida 5°). Yyllikyogʻin 190—600 mm va undan ortiq. Arake daryosi va uning irmoqlari sugʻorishda katta ahamiyatga ega. Tuproqlari kulrang, oʻtloqi kulrang, shoʻrtob, shoʻr, kulrangqoʻngʻir va b. Hayvonot dunyosi xilma-xil: muflon, qoplon, ayiq, toʻngʻiz, tulki, malla tovushkrn va turli qushlar bor. Bodomli kurorti, Dardogʻ, Goʻmir, Vayxir, Batabat shifobaxsh buloqlari, Nagajir oromgohi bor.
Aholisi, asosan, ozarbayjonlar; ruslar, kurdlar va b. ham yashaydi. Shaharliklar 33,2%. Asosiy shaharlari: Naxichevan, Ordubad, Julfa.
Tarixi. Hoz. Naxichevan hududida yashagan qad. qabilalardan neolit davriga oid moddiy madaniyat yodgorliklari saqlangan. Naxichevan mil. av. 8—7-a. larda Mana va Midiya davlatlari, mil. av. 6-a. dan Axomaniylar davlati, keyinchalik Atropatena davlati tarkibida boʻlgan. Mil. boshlarida Naxichevan Gʻarb bilan Sharq oʻrtasida muhim savdo manzili hisoblangan. 3-a. da Eron, 7-a. da arablar istilo kilgan, 9—10-a. larda sojiylar va saloriylar, 11 – a. da saljuqiylar qoʻl ostida boʻlgan. 13 — 14-a. larda moʻgʻullar va Amir Temur qoʻshinlari Naxichevanni zabt etgan. 15-a. da Qora qoʻyunli va Oq qoʻyunli davlatlari, 16—17-a. larda Safa-viylar davlati tarkibida. 16—18-a. larda Turkiya va Eron bosqinidan ancha vayron boʻlgan. 18-a. oxirida mustaqil Naxichevan xonligi vujudga keldi. 1828-y. gi Turkmanchay sulxiga binoan, Naxichevan xonligi Rossiya tarkibiga kiritilgan. 20-a. boshlarida oʻlkada dehqonlarning zulmga qarshi harakati avj oldi. 1917—19 y. larda turklar, inglizlar, musovotchilar hukmronlik qildi. 1920-y. 28 iyudda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1923-y. fev. da Ozarbayjon tarkibida Naxichevan muxtor oʻlkasi tashkil etiddi. 1924-y. 9 fev. dan Naxichevan muxtor shoʻro respublikasi, 1990-y. noyab. dan N. Muxtor Respublikasi deb ataladi.
Xoʻjaligi yengil va oziq-ovqat sanoatiga, texnika ekinlari yetishtirishga, uzumchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Konchilik sanoati (Paragachay molibden, Gumushli qoʻrgʻoshin-rux, Naxichevan tuz konlari) rivojlangan. Mashinasozlik va metall ishlash (N. elektrotexnika z-di, Shaxbuz avtoremont z-di va b.), yogʻochsozlik, binokorlik materiallari korxonalari bor. Ordubad pillakashlik va shoyi toʻqish sanoat majmuasi, Naxichevan tikuv f-kasi, trikotaj, poyabzal, mebel korxonalari yengil sanoatning asosidir. Oziq-ovqat sanoatining vino, mineral suv, konserva va sut maxsulotlari i. ch. tarmoqdari rivojlangan.
Q. x. sugʻoriladigan dehqonchilikka asoslangan. Donli ekinlar, paxta, tamaki, uzum, sabzavot-poliz ekinlari, pilla yetishtiriladi. Bogʻdorchilik rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Yirik va mahsuldor balbas qoʻy zoti shu yerda koʻpaytiriladi.
Madaniyati. Naxichevan dagi umumiy taʼlim maktablari va hunar-texnika bilim yurtlari uchun oʻqituvchilar Naxichevan sh. dagi Ped. in-tida tayyorlanadi. Ozarbayjon FA ning Naxichevan ilmiy markazi, Ozarbayjon fan-texnika axboroti intining boʻlimi, Shaxbuz tumanida Shemaxa astrofizika rasadxonasining astronomiya ekspeditsiyasi ilmiy ishlar olib boradi. Naxichevanda 239 ommaviy ku-tubxona, 236 klub muassasasi, 187 kinoteatr, musiqali drama teatri, 4 davlat muzeyi bor. Mahalliy radio ozarbayjon, rus va b. tillarda eshittirish olib boradi. Naxichevan sh. da telemarkaz bor.
Naxichevan adabiyoti ozarbayjon adabiyoti bilan birga rivojlanib kelmoqda. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida J. Mamadqulizoda, Husayn Jovid, Mamed Tagi Sidgi, E. Sultonov, Ali Quli Gamkusar kabi yozuvchilar yashab ijod qildilar. 20—30-y. larda E. Abasov, M. Nosirli, M. Jafarov, M. Akper, A. Co-dik, kabi yozuvchilar respublika hayotini tasvirlovchi asarlar, 2-jahon urushi yillarida M. Tarverdiyev, N. Nagiyev, A. Matodun, I. Safarli vatan-parvarlikka daʼvat etuvchi asarlar yozishdi. Zamonaviy shoirlardan G. Azim, A. Mahmud, K. Ogayeva, V. Kasumova, prozachilardan G. Rozi, G. Ibrohimov, dramaturglardan A. Yusifli, A. Abbosquliyev va b. mashhur.
Naxichevan hududida mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikka oid mahobatli inshootlar, xayvonlarning jez, sopol va tosh haykallari, oʻrta asr Naxichevan meʼmorlik maktabiga xos minoralar, Naxichevan, Juga, Qorabogʻlardagi maqbaralar, Ordubaddagi turar joylar (16—19-a. lar) saqlanib qolgan. Keyingi yillarda Naxichevanda kurkam uy-joy binolari, jamoat va sanoat inshootlari qurildi, meʼmoriy yodgorliklar taʼmirlandi. Ozarbayjon realistik rassomchiligining asoschilaridan biri B. Sh. Kengarli (19-a. oxiri — 20-a. boshi) Naxichevanda yashab, ijod qildi. Eng koʻp tarqalgan tasviriy-amaliy sanʼat turlari: toʻquvchilik, gilamchilik, marjon va munchoqli kashtachilik, qoʻlda gul solib toʻqish, mis-garlik, yogʻoch oʻymakorligi va b.
Musiqada xalq qoʻshiq va raqslari (mehnat, turmush, marosim, qahramonlik, tarixiy va b.) qad. anʼanalarga ega. Davra boʻlib ijro etiladigan qoʻshiqraqs (Mas, qad. yalla)lar joʻshqinligi va turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Musiqa asboblari: surnay, balaman, nogʻora, tulum va b. 19-a. oxirida Naxichevanda havaskorlik truppasi tashkil etildi. Naxichevanda professional teatrni barpo etishda yozuvchi J. Mamadqulizoda, rej. G. Arablinskiy (Xalafov) katta xizmat qildi. 1923-y. davlat drama teatri tashkil etildi (1962-y. dan J. Mamadqulizoda nomidagi musiqali drama teatri). Uning repertuaridan M. F. Oxundov, S Vurgʻun, Sh. Qurbonov, M. Nosirli va jahon mumtoz dramaturgiya asarlari oʻrin olgan. Artistlardan E. Axverdiyev, I. Hamzayev, M. Quliyev, I. Musayev mashhur.