OILA — nikoht yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, Oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos Oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar mu-ayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruxli Oila paydo boʻlgan. Lekin, bu Oila larda hali er-xotin nikohi bar-qaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazi-fasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana k,. Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
Ijtimoiy i. ch. — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot i. ch. da ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal Oila vujudga keldi. Shunday qilib, hoz. individual Oilaning oʻtmishdoshi — monogam Oila vujudga kelgan (k,. Monogamiya).
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ij-timoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa Oila jamiyat yoʻnalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa Oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek Oila larining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda Oila larning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼna-viy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek Oila lari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va b. qadriyatlari bilan ajralib turadi (q. Oila tarbiyasi).
Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar Oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati Oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. OʻzR Konstitutsiyasining 63-moddasiga kura, Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat xdmda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, «Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida» 1994-y. 22 avg. da farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, Oila larning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida OʻzR Prezidenta 1998-y. ni «Oila yili» deb eʼlon qildi. Shunga asosan, Oila manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻri-sida davlat dasturi ishlab chiqildi. OʻzR Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika «Oila» ilmiyamaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.
Ad.: Rizouddin ibn Faxriddin, Oila, T., 1991.
Ochiya Bursev, Akmal Saidov.