OILA PUDRATI

OILA PUDRATI — mehnatni tashkil etishning ichki xoʻjalik shakli, ja-moa pudrati koʻrinishlaridan biri. Bunda oila pudratchi boʻlib shartnoma tuzadi. Shuningdek, Oila pudrati tomoyilida qarindoshchilik aloqalari boʻlmagan kichikroq jamoalar (5 kishigacha) ham ishlashi mumkin. Xoʻjalik bilan Oila pudrati munosabatlar pudrat shartnomasi bilan kelishib olinadi. Oila pudratida ishlayotgan ja-moa i. ch. vositalaridan foydalanadi. Ular yetishtirgan mahsulot shirkat xoʻjaligi mulki hisoblanadi. Oila pudratida xodimlar faqat mahsulot i. ch. bilan band boʻladi, moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, mahsulot topshirish, ijtimoiy va agrozootexnika xizmati masalalarini xoʻjalik rahbari-yati hal etadi.

Oila pudrati ilgaridan paxtachilik, yaylov chorvachiligi, pillachilik, mevachilik va sabzavotchilik, tamakichilik kabi qoʻl mehnati koʻp talab qilinadigan tarmoklar qoʻllanib kelingan. Hoz. sharoitda Oila pudrati ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashgan sohalarda ham keng qoʻllanilmoqda. Oila pudrati jamoa pudrati imkoniyatlari bilan birga oʻziga xos xusu-siyatlarga ega, mas, mehnatga haqtoʻlashni soddalashtiradi, chunki har bir hodimning mehnatda ishtiroki koef-fitsiyentini hisobga olishga zarurat qolmaydi. Oila pudrati bolalarning mehnattarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, shaxsiy va ijtimoiy i. ch. ni qoʻshib olib borish uchun qulay sharoit yaratadi.

Q. x. korxonalari bilan munosabatlar xoʻjalik hisobi asosida quriladi. Oila pudratida ishlayotganlarga, imkoniyatiga qarab, i. ch. vositalari (yer , texnika va b.) ni uzoq (3 y. dan kam boʻlmagan) muddatga ijaraga beriladi. Ajratilgan resurelar doirasida mahsulot i. ch. boʻyicha oʻzaro kelishilgan vazifalar belgilanadi, iqtisodiy sanksiyalar kelishib olinadi. Anik, i. ch. sharoitidan kelib chiqib, ish va dam olish re-jimini oilaning oʻzi tartibga soladi. Oilaviy mehnat xarakteriga yalpi daromadga qarab haq toʻlash koʻproq toʻgʻri keladi, bunda q. x. korxonasi oila yetishtirgan mahsulotni sotib oladi, oila esa, oʻz navbatida, mahsu-lot yetishtirish uchun sarflangan moddiy vositalarga haq toʻlaydi. Daromad bilan xarajatlar oʻrtasidagi farq meh-natga haq toʻlashga sarflanadi. Oila ijara pudratida ham ishlashi mumkin. Bunda oila yer, texnika, chorva va b. i. ch. vositalarini uzok, muddatga ijaraga olib, mustaqil xoʻjalik yurita-di va xoʻjalik daromadidan oʻz hissasini oladi.


Lotin alifbosida maqola: OILA PUDRATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты