OKEANIYA

OKEANIYA — Tinch okeanning marka-ziy va gʻarbiy qismlaridagi orollar toʻdasi. 28°25ʻ sh. k. bilan 52°30ʻ j. k. lar va 130° shq. u. bilan 105° gʻ. u. lar oraligʻida. Gʻarbiy qismi Avstraliya va Malay arxipelagiga yondosh. O. Avstraliya bilan bir qitʼa hisoblanadi. Orollarning umumiy mayd. 1,26 mln. km2, shuning 80% Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya o. lariga toʻgʻri keladi.

Tabiati. Okeaniyani, odatda, 3 qismga boʻladilar: Melaneziya, Mikroneziya va Polineziya. Orollar suv osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Avstraliyaga yaqin joylashgan yirik orollar (Melaneziya, Yangi Zelandiya) esa materik orollar. Vulkan orollariga Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai o. lari, Pasxa o. va b. kiradi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi (Jaya togʻi, 5029 m) Yangi Gvineyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gʻarbiy Mikroneziya, Melaneziya va Yangi Zelandiya o. larining yer yuzasi togʻlik.

Geologik tuzilishi. Sharkiy Mikroneziya va Polineziya o. lari mayda marjon atollaridan iborat. Gʻarbiy Mikroneziya va Melaneziya o. lari bur-mali choʻkindi svitalar, intruziv va, ayniqsa, effuziv jinslardan tuzilgan boʻlib, Tinch okean tubining gʻarbiy chekkasidagi alp geosinklinalida joylashgan. Bu orollar mezozoy va kaynozoyda burmalangan ulkan tizmalarning suv ustidagi qismlaridir. Bu yerdagi hoz. zamon vulkanizmi va zilzilalar togʻ hosil boʻlish harakatining davom etayotganligidan darak beradi. Tinch okean markaziy qismidagi orollar neogen oxiri — antropogen boshida yoriklar boʻylab oqib chiqqan bazaltli vulkan tizmalaridir. Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai o. lari, Pasxa va b. mayda orollar vulkan natijasida hosil boʻlgan. Pekin koʻpgina vulkan choʻqqilari suv ostida boʻlib, ularning usti marjon bilan qoplangan. Marshall, Karolina, Gilbert, Ellis, Tokelau, Feniks, Layn, Tuamotu, Nauru, Oshen va b. mayda orollar marjon orollaridir. Okeaniyada foydali qazilmalardan koʻproq nikel, fosfat, neft, oltin, kumir, mis uchraydi.

Iqlimi. Okeaniya orollarining aksari qismi ikkala yarim sharning tropik iklim mintaqasida joylashgan; Avstraliya va Osiyoga yaqin ekvatorial kengliklardagi orollarda iklim subekvatorial, 180-meridiandan gʻarbda ekvatorial iklim. Tropik chizigʻidan shimol va jan. da esa subtropik iklim. Yangi Zelandiyaning Jan. oroli moʻtadil mintaqada. Eng issiq oyning oʻrtacha t-rasi shim. da 25°(avg.), jan. da 16°(fev.), eng sovuqoyniki shim. da 16° (fev.), jan. da 5° (avg.). Ekvatorial zonada oʻrtacha oylik t-ra 26—28°. O. da t-raning sutkalik farqi kam. Yillik yogʻin passat shamollari esadigan tropik mintaqalarda 1000 mm dan kam. Ammo yirik vulkan orollarining shamolga roʻpara yon bagʻirlarida 10 000 mm ga yetadi. Okeaniyaning gʻarbiy qismida, ekvatordan shim. da yezda kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyadagi togʻlarda muzliklar (umumiy mayd. 1000 km2) bor. Dare va koʻllar Okeaniyaning, asosan, gʻarbiy qismidagi togʻli yirik orollarida joylashgan. Eng katta daryolari: Flay, Digul (600 km) — Yangi Gvineyada. Okeaniyada mayda koʻl koʻp; eng kattasi — Yangi Zelandiyadagi Taupo koʻli. Vulkanli orollarda qaynoq va shoʻr suvli koʻllar, geyzerlar bor.

Tuproqlari xilma xil. Issiqva sernam iklimli orollarda qizil-sariq laterit, togʻlaterit, sariq, qizil va sariq-qoʻngʻir tuproqlar uchraydi. Vulkan kullari yogʻilgan joylarda va yangi lavalar ustidagi tuproq juda unumdor. Yogʻin kamroq yerlarning tup-rogʻi qizilqoʻngʻir; seryogʻin joylarning tuprogʻi botqoqli tuproq. Oʻsimliklari Paleotropik oblastga mansub. Okeaniya florasi Osiyo, Amerika va Antarktida florasidan shakllangan. Okeaniyada 3 kichik oblast ajratila-di: Malayziya, Gavayi, Yangi Zelandiya. Malayziya oblasti uchun tropik usimliklar oilalarining koʻpligi xosdir. Epiritlar koʻp. Gavayi oblastchasida ochiq urugʻlilar, fikuslar yoʻq, palmaning bir turi bor, orxideya kam, paporotnik koʻp. Yangi Zelandiya oblastchasi murakkabguldoshlar, paporotnik va boshokdoshlar turiga boy. Okeaniyaning sharqiy qismidagi orollarda endemik tur (Gavayi o. larida 90% gacha) koʻp. Sharqqa tomon oʻsimlik turi, turkum va oilasi kamayib boradi. Yangi Gvineyada 6800 tur, Gavayi o. larida 1100 tur oʻsimlik oʻsadi.

Okeaniya oʻsimliklari juda xilma-xil. Toglarning sernam yon bagʻirlari 300—600 m balandlikkacha butazor va savanna, 1000—1800 m balandlikkacha sernam doim yashil oʻrmon. Shamolga teskari togʻ yon bagʻirlarining etaklari savanna va chala choʻl, yuqorirogʻi kserofil urmonlar, butazor va savanna, 1500m dan baland joylarda doim yashil tropik oʻrmonlar. Marjon orollarda oʻsimlik turlari kam. Atollarda pandanus, kokos palmalari, non daraxti usadi. Lagunalar manfa oʻrmonlari bilan qoplangan. Okeaniyaning tabiiy oʻsimlik qopla-mi inson tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Oʻrmonlar qirqilib plantatsiyalar barpo qilingan.

Hayvonot dunyosi. Okeaniyaning kat ta qismi Polineziya fauna oblastiga va uning Gavayi kichik oblastiga mansub. Yangi Zelandiya faunasi mustaqil oblast, Yangi Gvineya esa Avstraliya oblastining Papua oblastchasiga kiradi. Sut emizuvchilar deyarli uchramaydi, ammo qush koʻp. Endemik tur koʻp boʻlsa ham relikt hayvonlar oz. Yangi Gvineyada sut emizuvchilar (jumladan, tuxum qoʻyuvchi va xaltalilar) nisbatan koʻp. Atollarda hayvon turlari juda kam. Okeaniyaga qoramol, qoʻy-echki, quyon, choʻchqa, kalamush, mangusta va h. k. ning olib borilishi uning faunasiga nihoyatda katta salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi. 16-a. da Okeaniyaga yevropaliklar borgunga qadar okeaniyalik dengizchilar qoʻshni orollarga koʻchib borib oʻrnashish jarayonida Tinch okeanning jan. qismida eng yaqin suv yoʻllarini oʻzlashtirganlar. Ularning tajribasidan keyinchalik yevropaliklar maʼlum darajada foydalanganlar. Okeaniya orollarining yevropaliklarga maʼlum boʻlishi F. Magellan ekspeditsiya-sidan (1521) boshlandi. 16-a. oxirlarigacha ispan va portugal dengizchi sayyohlari Mikroneziya, Solomon va Melaneziyadagi boshqa orollarni topdilar. 1642—43 y. larda A. Tasman ekspeditsiyasi Yangi Zelandiya, Tonga va Fiji o. larini tadqiq qildi. 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida ingliz va fransuz dengizchi sayyohlari Okeaniyaning marka-ziy va sharqiy qismidagi orollarga yetib bordilar. J. Kuk tomonidan Tuamotu, Tonga, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Gavayi o. lari, Kuk o. lari va b. kashf etildi. 19-a. da Okeaniyani tadqiq qilinishiga I. F. Kruzenshtern, Yu. F. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev, O. Ye. Kotsebu, F. P. Litke va b. hissa qoʻshdilar. N. N. Mikluxo-Maklay Okeaniya dagi Yangi Gvineya va b. orollar aholisining antropologiya va etnografiyasi, xoʻjaligi toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar toʻplagan.

Aholisi 31 mln. kishi (2001, Avstraliya bilan birga). Okeaniyaning tub joy aholisi 4 yirik guruhga boʻlinadi: papuaslar, melanezlar, polinezlar va mikronezlar. Okeaniyaga yevropaliklar kela boshlagan vaqtda (16-a. boshi) u yerda taxm. 3,5 mln. aholi yashar edi. Begunoh oʻldirish, chetdan olib borilgan yuqumli kasalliklar va b. natijasida aholi keskin kamaygan. 19-a. oxiri va 20-a. boshiga kelib aholi soni yana tez oʻsa boshladi.

Etnik tarkibi. Okeaniyada irqi, tili, tarixi va madaniyati jihatidan oʻzaro keskin farq qiluvchi xalqlar yashaydi. Ularni son jihatidan 2 qism-ga: mahalliy aholi va koʻchib borgan aholiga boʻlish mumkin. Okeaniyaning mahalliy aholisi polineziya, melaneziya va mikroneziya antropologik tiplarga mansub. Mahalliy aholining bir qismi malay-polinez tillarida, boshqa qismi papua tillarida soʻzlashadi. Papua tillari bir necha guruhlarga boʻli-nadi. Lekin Okeaniya xalqlarining til guruhlari ularning mavjud etnik va madaniyati jihatidan yaqinligiga toʻla muvofiq emas. Etnografik adabiyotlarda ularni koʻpincha tarixi va madaniyati oʻxshash oblastlar boʻyicha guruhlashtiradilar. Okeaniyaning mahalliy boʻlmagan xalqlari ingliz-yangi zelandiyalik, fransuz (Yangi Kaledoniya), amerikalik, yapon va filippinlik (Gavayi o. lari), qind (Fiji o. lari) va b. dan iborat. Diniy jihatdan Okeaniya aholisining koʻpchiligi xristian.

Tarixi. Okeaniyaning eng qad. aholisi Okeaniyaga bundan 20—30 ming yillar avval Jan.-Sharqiy Osiyodan borib oʻrnashgan. Keyinroq kelgan qabilalarning papuaslar bilan qoʻshilishidan melanezlar paydo boʻlgan. Mikroneziya va Polineziyaga aholi milodning 1-ming yilligida koʻchib borgan. 16-a. boshida Okeaniyada yashovchi xalqlar jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida boʻlgan. Yevropaliklar uzoq vaqt O. ga qiziqmadilar. Koʻpgina orollar yevropaliklarga 18-a. ning 2-yarmida maʼlum boʻldi. Okeaniya orollarini dastlab Gʻarbiy Yevropa davlatlari, keyinroq AQSH egallay boshladi. 1-jahon urushi (1914—18)dan keyin Okeaniyada siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 2-jahon urushi (1939—45) davrida Okeaniya urush harakatlari maydoniga aylandi. Okeaniyada ri-vojlangan davlatlarning harbiy bazalari koʻpaydi. Urushdan keyin Okeaniya xalklarining mustaqillik uchun kurashi tashkiliy tus oldi. Koʻpgina orollar mustaqil davlatlarga aylandi. Okeaniyaning siyosiy boʻlinishi haqida 489-b. dagi jadvalga q.


Lotin alifbosida maqola: OKEANIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
TINCH OKEAN
TINCH OKEAN
AVSTRALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты