NEFTNI QAYTA ISHLASH SANOATI

NEFTNI QAYTA ISHLASH SANOATI — ogʻir sanoat tarmogʻi, neftni kayta ishlash hamda neft mahsulotlari i. ch. ni qamraydi. Neftdan turli mahsulotlar olish qadimdan maʼlum boʻlsada neft konlarini qidirish, undan sanoat usulida qimmatbaho mahsulotlar olish 19-a. ning 1-yarmida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Neftni qayta ishlash sanoatining toʻngʻich korxonasi Van-novsk (hoz. Oltiariq) neft z-di 1904-y. da ishga tushirilgan.

2-jahon urushidan keyingi yillarda Oʻzbekistonda yangi neft konlari ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoati jadal surʼatlar bilan rivojlandi, texnika darajasi va i. ch. koʻlami oʻsdi. 1959-y. da Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996-y. da qurib bitkazildi. 1997-y. da yuqori sifatli surkov moylari i. ch. ga ixtisoslashgan Oʻzbekiston—AQSH «Oʻz-Teksako» qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2000-y. da Fargʻona neftni qayta ishlash z-di toʻliq taʼmirlandi. Mazkur z-d surkov moylari va yonilgʻi i. ch. ga ixtisoslashgan, i. ch. boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft z-di esa yonilgʻi yoʻnalishida.

Neftni qayta ishlash z-dlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzini), dizel yonilgʻisi, koks, parafin, motor moylariga qoʻshilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, ur-chuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft maxsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari i. ch. ni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar oʻzlashti-rilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensata bilan bir-ga) kazib olish hajmi keskin oshirildi. Neftni qayta ishlash sanoati AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada, ayniqsa, rivojlangan (yana q. Yoqilgʻi sanoati, Neft sanoati).

Abdurahim Ortiqov.


Lotin alifbosida maqola: NEFTNI QAYTA ISHLASH SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
FRANSIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты