NIZOMIY GANJAVIY (taxallusi; asl ism-sharifi Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad) (1141 — Ganja sh., Ozarbayjon — 1209.12.3) — ozarbayjon shoiri va maʼrifatparvari. Ota-bobolari Eronning Qum sh. dan boʻlib, onasi (Ganja atrofidagi qishloqlardagi) kurd sarkardalaridan birining qizi boʻlgan.
Qurʼonni yod olgan. Fiqh, tarix, geogr., falsafa, mantiq va adabdan taʼlim olib, ularning har birida ustod darajasiga yetishgan. Tabiiy fanlar, xususan, tabobat va ilmi nujum (ast-ronomiya)ni ham yaxshi bilgan. Zamona-viy ilmlardan tashqari, yunon falsa-fasi va adabiyoti, eroniy xalqlarning islomdan oldingi soʻz sanʼati, xali-falik davri ilmiyadabiy asarlari, yahudiy va nasroniy xalqlari tarixi, Kavkaz xalqlarining oʻtmishidan yetarli maʼlumotga ega boʻlgan. U yetuk matematik sifatida ham eʼtirof etilgan.
12-a. da Xuroson va Movarounnahrning koʻplab shaharlari, jumladan, Ganjada ham javonmardlik yoki axiylik bilan mashhur harakat keng yoyilgan. Harakat aʼzolari, asosan, kosib va hunarmandlardan iborat boʻlib, ular zolim hukmdor va amaldorlarga qarshi kurashgan, keng xalq ommasining manfaatlarini himoya qilgan. Ezgulik, adolat, insof, muruvvat, lutfu karamni shior qilib olgan bu toifa ilmu maʼrifatga katta ahamiyat bergan. Nizomiy Ganjaviy bu harakat kridalarini hurmat qilgan va ularga moyil boʻlgan. Nizomiy Ganjaviy shaxsiya-ti, dunyoqarashi va ijtimoiy aqidalari shu tashkilot goyalari, kosib va hunarmandlar taʼsirida kamol topgan. Nizomiy Ganjaviy oʻz asarlarini oʻsha zamondagi shoh va shahzodalarga bagʻishlagan, lekin saroy shoiri boʻlishni istamagan, bu hakdagi taklifni rad etgan.
Nizomiy Ganjaviyning 20 ming baytdan iborat sheʼriy devoni boʻlgan. Shoirning lirik sheʼrlari turli bayoz va toʻplamlardan tarkib topib, jamlangan. Lekin undan ayrim parchalar: 16 qasida, 192 gʻazal, 5 qitʼa, 68 ruboiy va 17 bayt saqlanib qolgan, xolos.
Asosiy asari «Xamsa»: 1. «Mahzan ul-asror» («Sirlar xazinasi», 1173 yoki 1180)da muqaddima va xotimadan tashqari 20 maqola boʻlib, har maqolaga oid 20 hikoya mavjud. Asarda shoir yashagan davrning muhim ijti-moiysiyosiy va axloqiy-taʼlimiy masalalari aks etgan. Keyinchalik bu asarga javoban forsiy va turkiy adabiyotlarda 40 dan ortiq dostonlar (Navoiy, «Hayrat ul-abror») yaratilgan. 2. «Xusrav va Shirin» (1181) sevgi va sa-doqat mavzuida; 3. «Layli va Majnun» dostoni (1188) arab rivoyatlari asosida yaratilgan; 4. «Haft paykar» dostoni (1196) Baxrom Goʻr va uning nomi bilan bogʻliq voqealarga asoslangan. Asar hikoya ichida hikoya tarzida yozilgan boʻlib, ularda inson tarbiyasi, xulq-atvori bilan bogʻliq gʻoyalar ilgari su-rilgan. Hikoyalarida xalq ertaklari taʼsiri sezilib turadi; 5. «Iskandarnoma» dostoni (1190—1200) da Nizomiy Ganjaviy oʻzining odil va maʼrifatli shoh, komil inson, ideal jamiyat haqidagi orzularini Iskandar obrazi va xayo-liy tasvirlar orqali ifodalagan. «Xamsa» Sharq xalqlari adabiyotlari rivojiga katta taʼsir etgan. 13-a. dan boshlab bir qancha shoirlar (Amir Xusrav Dexdaviy, Navoiy, Jomiy va b.) «Xamsa» yozganlar.
Navoiydan tortib barcha oʻzbek shoirlari Nizomiy Ganjaviyni oʻzlariga ustoz deb bilishgan. Navoiy «Nasoyim ul-muhab-bat»da uni shayxlar qatorida zikr etgan. 14-a. oʻrtalarida Qutb Xorazmiy «Xusrav va Shirin» dostonini turkiy tilga tarjima qilgan. Haydar Xorazmiy shoirning «Maxzan ul-asror» asa-riga javoban «Gulshan ul-asror» dostonini bitgan. Ogahiy «Haft paykar»ni nasriy tarjima qilgan.
«Nizomiy sheʼriyatidan» toʻplami Shoislom Shomuhamedov tarjimasida chop etilgan (1983). Unda shoir kasidalari, gʻazallari, qitʼalari, ruboiylari va hikmatlaridan namunalar, shuningdek, «Maxzan ul-asror» va «Haft paykar» dostonlaridan parchalar mavjud. Toshkent ped. in-tiga Nizomiy nomi berilgan (1947). Asarlari asosida kinofilm va baletlar, tas-viriy polotnolar yaratilgan.
As: Nizomiy Ganjaviy, Guldasta,T., 1947; Nizomiy sheʼriyatidan, T., 1983; Injular ummoni, T., 1989.
Ad.: Bertels Ye. E., Izbrannыye trudы, Nizami i Fuzuli, M., 1962; Erkinov S, Gʻanixonov M., Nizomiy Ganjaviy, T., 1992; Homidiy H., Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999; Abdurahmon Jomiy, Bahoriston, T., 1997; Alisher Navoiy, Nasoyim ul-muhabbat, 17-j., T., 2001.
Ergash Ochilov.