NIOBIY QOTISHMALARI

NIOBIY QOTISHMALARI — niobiy bilan boshqa elementlarni aralashtirib olinadigan, yuqori (1000° dan yuqori) t-raga chidamli materiallar. Vanadiy, sirkoniy, volfram, molibden va grafit bilan legirlab tayyorlangan Niobiy qotishmalari eng si-fatli hisoblanadi (q. Legirlash). Mac, VN-3 markali qotishma tarkibi: molibden (Mo) — 4,0 — 5,2 %, sirkoniy (Zr) — 0,8 — 2,0%, uglerod (S) — 0,08 — 0,16% va qolgani niobiy. Niobiy qotishmalari vakuum-yoyli, elektron-nurli va plazma pechlarda olinadi. Niobiy qotishmalari bosim ostida yaxshi ishlanadi, payvandlanadi; ulardan pokovkalar, listlar, quvurlar tayyorlanadi. Niobiy qotishmalari motorsozlik, samolyotsozlik va raketasozlikda konstruksion material sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: NIOBIY QOTISHMALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MOLIBDEN QOTISHMALARI
PLAZMA TEZLATKICHLAR
UGLEROD
SIRKONIY QOTISHMALARI
PLAZMA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты