NITRAT KISLOTA

NITRAT KISLOTA, HNO3 — kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuklik. Mol. m. 63,016. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuklanish t-rasi — 41,59°,kaynash t-rasi 84°, zichligi 1,513 g/sm3. N. k. suv b-n istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98—100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil boʻlgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi. Nitrat kislota qaynatilganida ham parchalanadi: 4HNO3-^2H2O+4NO2T+O2T. Amalda zichligi 1,44 g/sm3 boʻlgan 63 — 65% li konsentrlangan kislota ishlatiladi. Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi. Shu sababli metallarga taʼsir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Nitrat kislota metallmaslarni ham oksidlaydi. Konsentrlangan Nitrat kislota metallar va metallmaslar b-n reaksiyaga kirishganida, al-batta azot (1U)-oksid ajralib chiqadi. Nitrat kislotada oltin, platina, iridiy, radiy va ruteniydan boshka barcha metallar eriydi. Nitrat kislotaga xlorid kislota qoʻshil-sa,zar suvi hosil boʻladi. Nitrat kislotaning barcha tuzlari suvda yaxshi eriydi. Nitrat kislota sanoatda ammiakni havo kislorodi bilan oksidlab olinadi. Azotli va murakkab oʻgʻitlar (ammiak selitrasi, kaliyli va kalsiyli selitralar, nitrofoska) i. ch. da, olishda, metallurgiyada va b. maqsadlarda keng qoʻllanadi. Konsentrlangan Nitrat kislota portlovchi moddalar, sulfat va fosfat kislotalar, aromatik nitrobirikmalar, boʻyagichlar olishda ishlatiladi. Nitrat kislota bugʻi nafasga tegsa za-harlaydi, terini kuydiradi. Konsentrlangan Nitrat kislota organik moddalarga tekkanda portlaydi va yongʻin chiqadi.


Lotin alifbosida maqola: NITRAT KISLOTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AZOT OKSIDLARI
PLATINA RUDALARI
TEMIR
TITAN
SELEN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты