NITRIDLAR

NITRIDLAR — azotning elektr musbat elementlar, asosan, metallar b-n hosil qilgan birikmalari. Koʻpincha Nitridlar deganda tarkibida azot va biror metall boʻlgan birikmalar tushuniladi. Nitridlar tuzilishi va xossasiga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: ion bogʻli, kovalent bogli va metall bogʻli Nitridlar (yoki metallsimon Nitridlar). Ishqoriy va ishkrriy-yer metallarning nitridlari, Mas, K3N, CaN2, mis va rux nitridlari ion bogʻli Nitridlarga kiradi. V, Al, Si, Ga, Ge kabi elementlarning nitridlari (BN. A1N, SiN4, GaN, GeN4) kovalent bogli Nitridlarga kiradi. Bular kimyoviy taʼsirlarga chidamli, qiyin suyuqlanadigan va termik barkaror moddalardir. Metall bogʻli Nitridlar azotning baʼzi elementlar bilan birikishidan hosil boʻladi. Mac, TiN, Cr2N, TaN, Ta2N va h. k. W2N, Ti3N, Mn4N oʻta qattiq, moʻrt, qiyin suyuklanadigan birikmalar. Nitridlar tex-nikaning turli sohalarida, jumladan, yarimoʻtkazgichlar i. ch. da keng qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: NITRIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
METALLAR
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
KIMYO
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты