OPTIK PRIZMA

OPTIK PRIZMA — yassi sirtlar bilan chegaralangan va shaffof materi-allardan yasalgan jism. Bunday sirtga tushgan nur jismdan oʻtishida sinadi. Optik prizma larning dispersion (spektral) va nur qaytarish xususiyatiga ega turlari bor. Spektral Optik prizmalar yorugʻlik disper-siyasp hodisasiga asoslanadi va koʻpin-cha spektral qurilmalarda ishlatiladi. Yorugʻlikning toʻla ichki qaytishi hodisasiga asoslangan Optik prizmalar nur yoʻnalishini oʻzgartirish uchun optik tizimlarda qoʻllaniladi. Spektral prizmadagi nur yoʻnalishlari 1-rasmda koʻrsa-tilgan; VAS — prizmaning bosh kesimi. Agar VA sirtga turli toʻlqin uzunligidagi MN parallel nur dastasi tu-shayotgan boʻlsa, nur VA va AS sirtlarda sinadi. Yorugʻlik dis-persiyasiga asosan toʻlqin uzunligi katta nur dastasi PQ yoʻnalishda, kichigi PIQI yoʻnalishda chiqadi. 2-rasmda nur qaytarish xususiyatiga ega toʻgʻri burchakli prizma koʻrsatilgan. Bunday Optik prizma yordamida birlamchi nur dastasi bilan 90° yoki 180° li burchak hosil etadigan kaytgan nur dastasini olish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: OPTIK PRIZMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OPTIKA
YORUGʻLIK
FIZIKA
YORUGʻLIKNING QAYTISHI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты