ORBITA

ORBITA (lot. orbita — yoʻl, iz) — ixtiyoriy tabiiy yoki sunʼiy kosmik jism harakatining toʻla yoʻli. Xususan, Quyosh sistemasining har bir jismi (sayyoralar va ularning yoʻldoshlari, kometalar, asteroidlar, kosmik apparatlar), yulduzlar va galaktikalar oʻz Orbita lari bilan aniq farqlanadi. Shu maqsadda fanga Orbita elementlari tushunchasi kiritilgan. Kosmik jismning istalgan vaqtdagi oʻrnini va uning Orbitasi fazodagi vaziyatini tula aniklash uchun Orbitaning 6 ta elementi kuzatishlar yordamida topiladi. Mas, ixtiyoriy sayyora uchun uning Orbitasi elementlari quyidagilar: sayyora Orbitasi tekisligining ekliptikaga qiyaligi, Orbita katta yarim oʻqi, O. ekssentrisiteti, O. perigeliy nuqtasining chiqish tugunidan uzokligi, chiqish tugunini bahorgi tengkunlik nuqtasidan uzokligi, sayyoraning perigeliy nuqtadan oʻtish payti.


Lotin alifbosida maqola: ORBITA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH SISTEMASI
GALAKTIKALAR
QUYOSH
ASTRONOMIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты