NON — qadim-qadimdan ulugʻlanib, insonning kundalik isteʼmolida muqaddas, aziz hisoblangan neʼmat. Turli taomlarga qoʻshib yoki oʻzi yeyiladi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bo-shokli oʻsimliklar donlarini pishirib isteʼmol qilish mil. dan 10—15 ming yil muqaddam boshlangan deb taxmin qilinadi. Bu davrlarda olov kashf qilingan boʻlib, donni pishirib yeyishga imkoniyat tugʻilgan. Dastlab, boshoq choʻgʻda dumbul qilinib, soʻng boshoq ichida qovurilib, pishgan don uqalanib, isteʼmol qilingan. Nonga «Avesto»sya deyarli bir bob bagʻishlangan, dehqonchilikning eng qimmatbaho mahsuli sifatida taʼriflangan.
Yorgʻuchoq paydo boʻlishi bilan donni tosh orasida maydalab yorma holatida isteʼmol qilish oʻrniga gʻalladan un tayyorlash va xamir qorib, qizitilgan tosh ustida yoki qoʻrga koʻmib Non pishirishga oʻtildi. Xamirturush kashf etilishi hamda oʻchoq, tandir, tova va b. N. pishirish vositalarining yaratilishi va takomili bilan tortilgan undan Non tayyorlash yangi, hoz. zamonga qadar davom etib kelayotgan bosqichga koʻtarildi. Eng muhimi, xamirturush bilan koʻpchitilgan xamirdan pishirilgan Non issiqlikda va oʻz bugʻida pishadi, pishgan Nonda juda koʻp mayda gʻovaklar hosil boʻladi. Nonning gʻovakdor boʻlishi uning orga-nizmda hazm boʻlishini osonlashtiradi. Bugʻdoy unidan tayyorlanadigan Nonning kimyoviy tarkibida, asosan, 30—35% oqsil, 60—70% uglevodlar, kletchatka, vitaminlar V , V,, RR, mineral tuzlar, shuningdek, temir, kalsiy, fosfor va b. modsalar bor.
Yirik shaharlarning paydo boʻlishi, sanoatning taraqqiy qilishi Non ishlab chiqarishni keng koʻlamda tashkil etishni taqozo etdi. Natijada Non mah-sulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar — z-dlar, k-tlar yaratildi, ularning texnologik jarayonlari yuzaga keldi, non sanoati paydo boʻldi. Hoz. paytda har bir mamlakatda aholining tarixiy maʼnaviyati negizida paydo boʻlgan Non mahsulotlarining turli xillari ishlab chiqariladi.
Oʻzbekistonda (umuman, Oʻrta Osiyoning oʻtroq aholisi oʻrtasida) Non pishirish (yopish) usulining har xil turlari mavjud boʻlgan. Shunga koʻra, tandir N., tova Non, gaz-pech Noni va b., un tortilgan gʻallaga qarab bugʻdoy Noni, arpa N. i, makkajoʻxori va oq joʻxori N. i va b. turlarga boʻlinadi.
Oʻzbek pazandachiligida tayyorlash tex-nologiyasiga karab obi Non, gijda N., patir N., shirmoy N. turlaridan ibo-rat (baʼzan lochira N. ham alohida texnologik turga kiritiladi; q. Lochira). Obi Non (fors.-toj. — suvli non degan maʼnoni bildiradi) tayyorlashda, aso-san, xamir bugʻdoy uni, xamirturush va tuz qoʻshib oshiriladi. Obi Nonda xamirning nisbatan boʻshroq boʻlishi, zuvalaning kichikligi (200 g atrofida) xarakterlidir. Gijda usulidaham xamir bugʻdoy uni, xamirturush va tuz qoʻshib oshiriladi, soʻngra uzoq iylanadi. Gijdada xamir qattiqroq boʻladi va Non qalin qilib yasaladi (q. Gijda).
Tandirga yopishda har bir Non orkasiga namakob sepiladi. Tandirdagi choʻgʻ oʻrtaga 6, 7 — Samarqand nonlari; 4 — Fargʻona – 14 — Toshkent nonlari (patir, goʻshtli non, uyulib, ustiga kul (yoki temir qopqoq) yopiladi. Non tandirga yaxshi yopishgach, Non yuziga suv sevalanadi va choʻgʻ ochiladi (baʼzan nam sochiqb-n yelpiladi). Pishgan Non kurakchab-n olinadi. P atir N. xamiri xamirturush va tuz solingan suv (sut)ga un solib krriladi va oshiriladi. Xamir oshgach, yoyilib yuzasiga sariyogʻ, koʻy yogʻi, margarin, jizza, qiyma, toʻgʻralgan mayda piyoz solib oʻraladi va zuvala uzilib patir Non yasaladi, soʻng tandirga yopiladi (q. Patir). Shirmoy Non (baʼzi joylarda shirmon, shirmol deb ataladi; fors-toj. «sutli non» demakdir) xamirini tayyorlash murakkab; dastlab maxsus usulda olingan noʻxat va arpabodiyon qaynatmasiga bir miqdor bugʻdoy uni sepib xamirpaygir qoriladi. Paygir 5—6 soatdan soʻng yetiladi. Uni xamirturush sifatida ishlatib bugdoy unidan sutga qorib xamir tayyorlanadi. Xamir mushtlab yetiltiriladi (q. Shirmoy).
Non eng oliy mehmondoʻstlik va muqaddaslik ramzi boʻlganligi, asrlar davomida nonvoylar mahoratining oʻsishi va texnologik usullarning tako-millashuvi natijasida obi, gijda, patir va shirmoy Nonning oʻnlab xillari yaratilgan. Oʻzbekistonning turli viloyatlarida oʻziga xos xilma-xil Nonlar tayyorlanadi: Toshkent sh. da oʻziga xos obinon, jaydari Non, sedanali Non, Toshkent patiri, yulduzcha patir, gijda patir, goʻshtli patir, goʻshtli Non, yogli patir, jizzali patir, piyozli patir kabi Nonlar yopiladi. Chirchiq vohasi qishloqla-r i d a yertandir va yeroʻchoqlarda tayyorlanadigan uy. Nonlari, obinon, yongʻoq magʻizli Non, lochira Nonlar mazasi, toʻyimliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, xorazmliklarning savatdek-savatdek (doyra kengligi 0,4—0,5 m) noni va patiri, goʻshtli noni, obinonga oʻxshash churragi, qoraqalpoqlarning nonlari ham oʻziga xos shakl va taʼmga ega. Fargʻona vodiysida tayyorlanadigan Non nomlari: obi Non ; obi jimjima; uy Non, kulcha Non, jizzali Non, goʻshtli Non, yogʻli Non, chapchap Non, gijda Non, oddiy patir, yogʻli patir, qashqar patir, yogsiz patir, qatlama patir, toʻy patiri, loʻlda patir, qoʻsha-loq shirmoy, payvand, obi xol olcha guli, shirmoy kulcha, shirmon patir, kungirali shirmoy, kunjutli bozor N. i, sedanali bozor Noni, bayram be-zakli Noni va b.
Buxoro, Samarqand, Sur-xondaryo va Qashqadaryo vohasida (Shahrisabz, Kitob) tayyorlanadigan Non nomlari: obi, yaqqafo, gaxsaki, noni zargaron, xindugi, fatiri qashqari, shirmoli du-juft, tafton, taftori du bez, noni ta-roqi, osiyoiy, poʻlodiy, jazzain, kulchai ravgʻanin, obi jimjima, turfon, noni xaman, kulobodi, zaboni gov, soxta shirmol, shirmoli sedana payvand, shirmoli obi xoli olchaguli, noni salang, lavash, churrak, davra, sovgʻatin nakshin, uy Noni, qoʻshaloq baraka kulcha, kuyov shirmoy Non, parkup Non, kunjutli obi Non, sedanali obi Non, kunjutli patir Non va b. (yana q. Non sanoati).
Hojiakbar Muslimov.