NOTARIAT

NOTARIAT (lot. notarius — mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega boʻlgan huquklar va faktlarni tasdiklash vazifasi topshirilgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarnp bajaruvchi organlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida davlat va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarial idoralar Notariat tizimini tash-kil etadi, ular boʻlmagan aholi yashay-digan joylarda baʼzi notarial hara-katlar fuqarolar yigʻinlarining ra-islari (oqsoqollar) tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralar yuridik faktlarni belgilaydigan va fuqarolik huquklari toʻgʻrisidagi nizolarni hal qiluvchi sud muassasalaridan farqlanadi. Bu idoralar fukarolar bilan bevosita uchrashish yoʻli b-n yoki qonunda koʻrsatilgan hollarda hujjatlarga asosan nizosiz huquklarni va yuridik faktlarni tasdiklaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida Notariatning tashkil etilish prinsiplari va faoliyati OʻzRning «Notariat toʻgʻrisida»gi qonuni (1996-y. 26 dek.), OʻzR Va-zirlar Mahkamasining Notariat toʻgʻrisida chiqargan qarorlari va OʻzR Adliya va-zirligi tomonidan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralari tomonidan notarial harakatlarni bajarish tartibi toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi 1997-y. 28 apr. dagi qoʻllanmasi, OʻzR Adliya vazirligi hayʼatining 1997-y. 28 apr. dagi qarori b-n tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning ish yuritish tartibi haqida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi shaharchalar, qishloqlar va ovullar fukarolari yiginlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan belgilangan notarial hara-katlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi qoʻllanmalari hamda boshqa huquqiy hujjatlarga asoslanadi.


Lotin alifbosida maqola: NOTARIAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NOTARIAL HARAKATLAR
YURIDIK SHAXS
TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты