NOTARIAL HARAKATLAR

NOTARIAL HARAKATLAR — notarial idoralar (notariat) tomonidan huquqiy harakatlarni tasdiqdash, shahodatlash va hujjat berish borasida amalga oshiriladigan ishlar. Oʻzbekiston Respublikasida Notarial harakatlarni davlat notarial idorasida ishlovchi yoki xususiy amaliyot b-n shugʻullanuvchi no-tariuslar amalga oshiradi. Notariuslar boʻlmagan axrli punktlarida fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari), boshqa davlatlarning hududida OʻzR konsullik muassasalarining ushbu harakatlarni amalga oshirish vakolati berilgan mansabdor shaxslari amalga oshiradi. OʻzRda Notarial harakatlar va ularni amalga oshirish qoidalari avvalo Notariat toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining 1996-y. 26 dek. dagi qonuni (oʻzgartish va qoʻshimchalar 2003-y. 25 apr. da kiritilgan), shuningdek, adaga oid Adliya vazirligi chiqargan qoʻllanma hamda boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Qonunga koʻra, davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar: bitimparni, vasiyatnomalarni tasdiqlaydi, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni beradi; mol-mulkni oʻzga shaxsga oʻtkazishni ta-qiklab qoʻyadi va taqiqni bekor qiladi; merosga boʻlgan ququq toʻgʻrisida guvohnoma beradi; meros mol-mulkning qoʻriklanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi; hujjatlar nusxalarining bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini; hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shaqodatlaydi; koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi xaqida guvoqnoma beradi; fuqaroning tirik ekanligi, muayyan joyda ekanligi, fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiklay-di va h. k. Xususi y amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar mol-mulkni oʻzga shaxsga oʻtkazishni taqiklab qoʻyish va taqiqni bekor qilish, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish va meros mol-mulkni qoʻriqlash chora-tadbirlarini koʻrish harakatlaridan boshqa barcha Notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) quyidagi Notarial harakatlarni amalga oshiradi: vasiyatnomalarni, ishonchnomalarni tasdiqlaydi, avtotransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻra-di; hujjatlar nusxalarining va huj-jatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi, maʼlumot haqidagi hujjat nusxalari bundan mustasno; hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi. Oʻzbe-kiston Respublikasi konsullik muassasalari quyidagi Notarial harakatlarni amalga oshiradi: bitimlar (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va h. k.)ni tasdiklaydi. OʻzRdagi uy-joylarni boshka shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar bundan mustasno; fuqaroning tirik ekanligi, fotosuratda aks etgan shaxs ekanligi va sh. k. ni tasdiklaydi.

Notarial harakatlar notarial idora yoki fukarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi joylashgan binoda, fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra bora olmaydigan ayrim hollarda mazkur fuqaro turgan joyda, kasalxonada yoki boshqa joyda amalga oshirilishi mumkin. Notarial harakatlar haq toʻlanga-nidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar takdim etilgan kuni amalga oshi-riladi. Oʻzbekiston Respublikasida Notarial harakatlar davlat tilida olib boriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan, notarius yoki Notarial harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

Shoakbar Shorahmetov.


Lotin alifbosida maqola: NOTARIAL HARAKATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NOTARIAT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты