ORTIKON

ORTIKON (yun. orthos — toʻgʻri va ekion — tasvir) — yorugʻlik signallarini elektr impulslariga aylantirib be-radigan uzatuvchi televizion trubka. Amerika muhandislari A. Roz va X. Yams taklif qilishgan (1939). Uzatilayotgan tasvir Ortikon nishoniga, yaʼni — obyekt tomondan yarim shaffof elektr oʻtkazuvchi qatlam (signal plastinka) b-n, elektron projektor tomondan mayda donachali fotoaktiv qatlam (mozaik fotokatod) b-n qoplangan yupqa shisha plastinkaga proyeksiyalanadi. Hosil boʻlgan yorugʻlik signali plastinka zanjirida videosignalga aylanadi. Ortikon yori-tilganlik yetarli boʻlmagan sharoitda tasvirlarni televideniye orqali uza-tishda ishlatiladi. Ancha takomillashgan Ortikon superortikon deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: ORTIKON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TELEVIDENIE
SHISHA
YER
TELEVIZION TRUBKA
TELEVIZION STANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты