OSMON SFERASI

OSMON SFERASI — osmon yorit-qichlarining vaziyatini kursatib be-ruvchi hayoliy va ixtiyoriy radiusli sfera. Yoritqichlarning oʻrnini va uning koʻrinuvchi harakatini oʻrganishda osmon koordinatalaridan foydalaniladi. Osmon sferasining tekislikdagi proyeksiyasi aylana. Kuzatuvchi Osmon sferasi markazida turadi va u turgan joyining uz meridiani mavjud buladi. Kuzatuvchi turgan nuqtadagi shoqulning yunalishi vertikal chiziq (ZZʻ) deb ataladi. Vertikal chiziqning Osmon sferasi bilan kuzatuvchining tepasida (ufq yuqorisida)kesishgan nuqtasi zenit (Z) va unga diametral qarama-qarshi tomonda kesishgan nuqtasi nadir (Zʻ) deyiladi. Z va Zʻ nuqtalaridan oʻtgan vertikal chiziqqa utkazilgan katta aylana vertikal aylana yoki vertikal deyiladi. Vertikal oʻqqa perpendikulyar qilib oʻtkazilgan katta aylana (SWNE) ufq tekisligidir. Kuzatuvchi Osmon sferasining faqat ufq tekisligidan yuqorida joylashgan yoritqichlarni kuzata oladi.

Osmon yoritqichlari sutka davomida Yer atrofida (olam oʻki RRʻ atrofida) koʻrinma harakatda boʻladi. Olam oʻqiga oʻtkazilgan perpendikulyar aylanalar sutkalik paralellar, ularning eng kattasi esa osmon ekvatori deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: OSMON SFERASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
UFQ
XITOY
Yulduz Usmonova - Adolik


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты