OSMOREGULYATSIYA

OSMOREGULYATSIYA (yun osmos – turtki, bosim va lot. regulo — boshqaraman) — hayvonlar organizmi ichki muhitidagi osmotik faol moddalar konsentratsiyasini doimiy bir meʼyorda saklab turishni taʼminlaydigan fizik va kimyoviy jarayonlar majmui. Osmoregulyatsiya koʻpchilik hayvonlar uchun xos. Hayvonlarni osmotik bosim reaksiyasiga koʻra, poykilosmotik vagomoy-osmotik guruhlarga ajratish mumkin. Poykilosmotik hayvonlar tana-sida osmotik bosim muhit xususiyatlariga bogʻliq boʻlib, nisbatan keng chegarada oʻzgarishi mumkin. Gomoyos-motik hayvonlar osmotik jihatdan oʻzgarmas; tashqi muhit oʻzgarishidan qatʼi nazar ular tanasidagi suyuqlik bosimi nisbatan doimiy saklanadi. Ichki muhit osmotik bosimi kuchiga nisbatan hayvonlar giperosmotik va gipoosmotik boʻladi. Ichki muhit suyuqligida osmotik faol moddalar konsentratsiyasi giperosmotik hayvonlar (quruklikda va chuchuk suvda yashovchilar, togʻayli baliqlar) da tashqi muhit bo-simiga nisbatan yuqori, gipoosmotik hayvonlar (dengiz suyakli baliklari, sudralib yuruvchilar va ayrim qisqichbaqasimonlar) da past, izoosmotik hayvonlar (dengiz mollyuskalari, igna-terililar va b.) da esa teng boʻladi. Osmoregulyatsiya giperosmotik hayvonlarda oziq bilan tuz, suvdan Na+ va S1~ ionlarini is-teʼmol qilish orqali sodir boʻladi. Bu jarayon jabralarda (mollyuskalar, qis-qichbaqasimonlar, baliqlar), terida (suvda va quruklikda yashovchilar), ogʻiz boʻshligʻi va kloakada (sudralib yuruvchilar), anal papillalarida (chivinlar qurtlari) joylashgan maxsus hujayralar yordamida roʻy beradi. Gavda qoplagichi orqali kiradigan suvning ortiqcha qismi ayirish organlari (qisqaruvchi vakuolalar, nefridiyalar va buyraklar) orqali chiqarib turiladi. Giperosmotik dengiz hayvonlarida Osmoregulyatsiya qonda mochevina va trimetiloksidning toʻplanishiga bogʻliq. Gipoosmotik hayvonlarda Osmoregulyatsiya dengiz suvini ichib, undan ortiqcha tuzlarni jabralarda joylashgan maxsus hujayralar yoki tuz ajratuvchi bezlar yordamida ajratib, uni chuchuklantirish orqali (sudralib yuruvchilar, qushlar) boradi. Ikki va-lentli ionlar esa ichak va buyrak yordamida ajratiladi. Sut emizuvchilarning buyraklari asosiy Osmoregulyatsiya organi hisoblanadi. Oʻtkinchi baliklar (losos-simonlar va b.) va ayrim qisqichbaqa-simonlar giper – va gipoosmatik Osmoregulyatsiyaga ega boʻlib, dengiz va chuchuk suvda ham yashashi mumkin. Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarning har xil shoʻrlangan suvlarda yashashi hujayra O. si bilan bogʻliq. Osmoregulyatsiya sistemasining nam tanqisli-giga moslashuvi bir qancha mexanizmlarni, konsentratsiyey xossasini oshirish orqali suvni tejash (kengurusimon kalamush), suvsizlanishga chidamlikning keskin oshishi (eshak), azotli almashinuvning oxirgi mahsuloti sifatida siydik kislotaning hosil boʻlishi (sudralib yuruvchilar, qushlar), tuz ajratadigan burun bezlarining boʻlishi (ayrim sudralib yuruvchilar) va b. ni oʻz ichiga oladi. Osmoregulyatsiya refleks tarzida amalga oshadi. Osmoregulyatsiyada gipofiz, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bez va oshqozon osti bezlari hamda har xil sensor organlar va hara-kat sistemasi katnashadi. Osmoregulyatsiya tufayli hayvonlar har xil muhitda yashashga moslashgan (yana q. Moddalar almashinuvi).


Lotin alifbosida maqola: OSMOREGULYATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BALIQLAR
OSMOS
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты