OSMOS

OSMOS (yun. osmos — turtki, bosim) — erituvchining eritma bilan erituvchi orasiga yoki konsentratsiyasi turlicha boʻlgan. 2 eritma orasiga qoʻyilgan yarim oʻtkazgichli parda orqali oʻtishi hodisasi. Erituvchi (mas, suv) O. tufayli suyuqroq eritmadan quyuqroq eritmaga oʻtadi. Osmos eritmalar konsentratsiyasi orasidagi farqni yoʻqotib, sistemani muvozanat holatiga keltirishga intiladi. Bu hodisani dastlab 1748-y. da A. Nolle kuzatgan. Nolle tubi mol pu-fagi b-n bekitilgan shisha nayga kand eritmasi solib, nayning pufakli qismini suvga botirganida nay ichiga pufak orkali suv kirib, naydagi suyuqlik koʻtarila boshlagan. Suvning pufak orqali nayga oʻtishi maʼlum bosim (osmotik bosim) tufayli sodir boʻladi. Suyukdik nayda maʼlum balandlik-ka qadar koʻtariladi; naydagi suyuklikning gidrostatik bosimi osmotik bosimga tenglashea, suyuqlik koʻtarilishdan toʻxtaydi. Bu balandlikning kattaligi osmotik bosimning oʻlchovi boʻlib xizmat qiladi. Osmos hajmi cheklangan suyuqlikning ichki tomoniga yoʻnalgan boʻlsa, endosmos, tashki tomoniga yoʻnalgan boʻlsa, ekzosmos deyiladi.

Yarim oʻtkazuvchi pardalarni polimer materialdan (mas, kollodiydan) yoki iviqsimon choʻkindilardan (mas, mis ferrotsianid Cu2[Fe(CN)6] choʻkmasidan) tayyorlash mumkin.

Osmos polimerlarning molekulyar tavsifini aniqlashda, eritmalarni konsentratsiyalashda, baʼzi bir polimer materiallar olishda, yuqori minerallashgan suvlarni tozalashda qoʻllanadi. Osmos hodisasi oʻsimlik va hayvon organizmlarida nihoyatda katta axamiyatga ega, chunki organizmdagi har qaysi hujayra yarimoʻtkazgich vazifasini bajara oladi. Bir xil osmotik bosimga ega boʻlgan eritmalar izotonik eritmalar deyiladi. Agar eritmalarning osmotik bosimi ichki xujayra su-yukligining osmotik bosimidan katta boʻlsa, gipertonik, kichik boʻlsa gipotonik eritmalar deyiladi. Bir eritma maʼlum bir turdagi hujayra uchun gipertonik, boshqasi uchun izotonik, uchinchisi uchun gipotonik boʻlishi mumkin. Tibbiyotda, odatda, izotonik eritmalar, ammo baʼzan gipertonik eritmalar (jarohatlarni bogʻlov bilan bogʻlashda) xam qoʻllaniladi. Daraxtlarda suv xam Osmos tufayli yuqoriga koʻtariladi.


Lotin alifbosida maqola: OSMOS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHISHA
ERITMALAR
OKEAN
OSMOTIK BOSIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты